Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan oʻzgartirishlar (2022)
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar — Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr 2021-yilda inauguratsiya marosimidagi nutqida konstitutsiyaviy islohatlarni oʻtkazishni taklif qildi. Konstitusiyaning yangilanishi 2022-yilda boʻlib oʻtib yakunlanishi rejalashtirilgan[1]. Konstitutsiyaning 127-moddasiga koʻra, unga oʻzgartirishlar tegishli ravishda Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovozi bilan qabul qilingan qonun yoki referendum yoʻli bilan kiritiladi[2]. Konstitutsiyaning 70, 71, 72, 73, 74 va 75 moddalarini oʻzgartirishlar sababli Qoraqalpogiʻstonda namoyishlar sodir boʻldi. Namoyishlardan soʻng Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaning ushbu moddalari oʻzgarmasligini aytdi[3].
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oʻzgarishlari 2020-yildan boshlab muhokama qilingan edi. 18-dekabrning 2022-yilida Oliy Majlis Senatida Konstitutsiyani oʻzgartirish boʻyicha muhokamalar olib boʻlinishi mumkinligi haqida maʼlumot paydo boʻlgan edi. Ammo keyinchalik Tanzila Norboyeva Senatda Konstitusiyaning oʻzgarishi boʻyicha savollar koʻtarilmagisini eʼlon qildi[4]. Konstitutsiyani qarab chiqish boʻyicha maʼlumotlar 11-dekabrda paydo boʻlgan edi[5]. Bir qator bloggerlar oʻzgartirishlarni qabul qilish rejalari jamoatchilikka maʼlum emasligiga eʼtibor qaratdilar. Bundan tashqari, Konstitutsiyaning 128-moddasiga koʻra, parlament tegishli taklif kiritilganidan keyin olti oy muddatda Asosiy qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunni keng muhokama qilgan holda qabul qilishi mumkin. Tanzila Norboyeva keyinchalik Konstitutsiya xalqning muhokamasisiz qilinmasligini aytdi.
6-yanvarning 2021-yilida Senat Konstitutsiyaning 107-moddasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Unda 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston sud-huquq tizimida kuchga kiradigan tashkiliy va tarkibiy oʻzgarishlar oʻz ifodasini topdi[6]. 9-fevral 2021-yil kuni prezident Konstitutsiyaga saylov sanasiga oid oʻzgartishlar, shuningdek, Saylov kodeksi va “Partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi[7]. 6-noyabr 2021-yili Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya vaqtida Konstitutsiyaviy islohatlar kerakligini aytib oʻtdi. 7-dekabrda Konstitutsiyani yangilash 2022-yilda boʻlishi eʼlon qilindi. 15-dekabrda Konstitutsiyaviy islohot „“boshqaruvni“ yaxshiroq qilish”ni ragʻbatlantirishning muhim vositasi” boʻlishi va “hokimiyat tarmoqlari oʻrtasida nazorat va muvozanatni mustahkamlash, mas’uliyatni oshirish, oshkoralik, ishtirok etish va bashorat qilish imkoniyatini oshirish”ga hissa qoʻshishi mumkin. Bu haqda Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz direktori Akmal Saidovning maqolasida aytildi[8].
16-mayning 2022-yilida Oʻzbekiston Respublikasining ikkita partiyalari (OʻzLiDeP va „Milliy tiklanish“) fraksiyalari Konstitutsiyani “voqelikka muvofiqlashtirish” va “Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasi uchun yanada zamonaviy huquqiy asos” yaratish maqsadida oʻzgartirishlar kiritish jarayonini boshlash rejalari haqida ma’lum qildilar[9]. 20-mayda Parlament palatalarining qarori bilan Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Unga amaldagi Konstitutsiyani ishlab chiqishda ishtirok etgan Qonunchilik palatasi birinchi vitse-spikeri Akmal Saidov rahbarlik qildi. Komissiya oʻz faoliyatini “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” gʻoyasi asosida olib borinishi eʼlon qilindi[10].
Komissiya tuzilgan paytdan (20-may) 9-iyungacha deyarli 19,2 ming taklif kelib tushdi, dedi komissiya rahbari, Qonunchilik palatasi spikeri birinchi oʻrinbosari Akmal Saidov. Taqqoslash uchun uning aytishicha, 1990-1992-yillarda mamlakatning amaldagi Konstitutsiyasi yaratilayotganda 6000ta taklif tushgan edi. Qabul qilingan takliflardan deyarli 11 mingtasi erkaklar tomonidan va atigi 6000ga yaqini ayollar tomonidan, yana 2000ga yaqini anonim xabarlar boʻlgan. Akmal Saidov ayollarni bu jarayonda faolroq ishtirok etishga chaqirdi. “Mening konstitutsiyam” onlayn platformasi orqali fuqarolar tomonidan 6728, call-markazga 1744, mahalla orqali 1680, xalq deputatlari kengashlari orqali 804, elektron pochta orqali 2000dan ortiq, Senat va Qonunchilik palatasi orqali - 2300dan ortiq takliflar kelib tushgan maʼlum boʻldi. Akmal Saidovning aytishicha, fuqarolar ham jamoaviy murojaatlar yuborishni boshlagan. Masalan, Jamoat xavfsizligi universiteti (sobiq Milliy gvardiya harbiy-texnika instituti) professor-oʻqituvchilari tomonidan imzolangan takliflar paketini tayyorladi[11].
Oʻzgartirishlar taklifi va mazmuni
[tahrir | manbasini tahrirlash]26-mayda asosiy qonunga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha Konstitutsiyaviy komissiyaning birinchi majlisi boʻlib oʻtdi. 6 kun davomida oʻnlab takliflar kelib tushgani eʼlon qilindi. Ular 13, 15, 29, 37, 40, 41, 53, 78 va 80-moddalarga tegishli, deyildi yigʻilishda. Komissiya matbuot kotibi Odiljon Turdiev ular orasida Prezidentlikka nomzodga qoʻyiladigan talablar va vakolat muddatini belgilovchi 90-modda yuzasidan takliflar bormi, degan savolga bu haqda gapirishga hali erta deb javob berdi[12].
3-iyun 2022-yili Akmal Saidov Oʻzbekistonni Parlament respublikasiga koʻchirish hali erta deb javob berdi va balkim Respublika tizimi parlamentlik boʻlmasligi haqida maʼlum boʻldi[13].
10-iyun kuni partiyalar oʻzgartirishlar boʻyicha oʻzining takliflarini berishdi. Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Narimon Umarov xalq deputatlari kengashlari orqali tushgan ayrim takliflarga toʻxtalib oʻtdi[11]:
- “Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasida” belgilangan “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili Konstitutsiyada davlat organlarining vazifalari va vakolatlari chegaralarini belgilashning asosiy qoidasiga aylanishi;
- davlat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarda tiyib turish va muvozanat mexanizmini mustahkamlash. Bu fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim omil boʻladi, dedi u;
- davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini cheklovchi yangi normalarni joriy etish, monopoliya maqomiga yoʻl qoʻymaslik, kafolatlar berish va xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash;
- ta'lim va tibbiyot sohalarida xususiy sektorni rivojlantirish normalarini joriy etish;
- hayotda oʻz oʻrnini topa oladigan, mustaqil dunyoqarashga, yetarli bilimga ega shaxsni shakllantirish uchun majburiy umumiy ta’limni kuchaytirish. Ya’ni, minimal shart sifatida majburiy umumiy ta’lim normasini kiritish haqida bormoqda, dedi senator.
Narimon Umarov, shuningdek, aholi va deputatlardan “umumiy va deklarativ xususiyatga ega boʻlgan, odamlar hayotiga ta’sir qilmaydigan” oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishdan tiyilishni soʻrashini ta’kidladi.
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) yetakchisi Ulugʻbek Inoyatovning aytishicha, hozirgacha partiya tomonidan 1300ta taklif toʻplangan, ular mavzular boʻyicha guruhlangan. Ayniqsa:
- Qashqadaryo viloyati Qamashin tuman Kengashi deputati Tamara Choriyeva Konstitutsiyaning 18-moddasiga imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanishi mumkinligi toʻgʻrisida qoʻshimcha kiritishni taklif qildi;
- Kitob tumanidan deputat Zilola Norova Konstitutsiyaning 24-moddasiga “inson manfaatlari hamma narsadan ustundir” degan qoʻshimcha kiritishni taklif qilmoqda;
- Namanganlik deputat Umidjon Soliyev tashabbus bilan 39-moddaga “Davlat odamlar hayotining minimal ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratishi shart” degan normani kiritdi;
- Margʻilonlik deputat 63-moddani “oila mustahkamligi uchun erkak va ayol javobgardir” degan band bilan toʻldirish kerak, deb hisoblaydi;
- Yakkabogʻ tumanidan saylangan deputat 64-moddani oila buzilganidan keyin qolgan voyaga etmaganlarning manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi norma bilan toʻldirishni taklif qildi;
- Konstitutsiyaning 64-moddasini “Ota-onalar farzandlari voyaga etgunlariga qadar hayot ehtiyojlarini qondirish, ularga ta’lim berish va sogʻligʻini muhofaza qilishga majburdirlar” degan band bilan toʻldirish taklif qilingan.
Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari, “Adolat” partiyasi fraksiyasi rahbari Zuxra Ibragimova Konstitutsiyamizning 46-moddasida gender tengligi masalalarini kuchaytirish taklif etilgani, 40-moddasida davlatning barcha turdagi taraqqiyot uchun teng sharoitlar yaratish majburiyati belgilab qoʻyilganini ta’kidladi.
Oʻzgarishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Konstitutsiyaning oʻzgartiriligan moddalari meningkonstitusiyam.uz portalida eʼlon qilindi. Yangi Konsitutsiyada koʻplab moddalar anchagina oʻzgarib, u yerda asosan inson huquqlari oʻzgartirishlari kiritilgandir[14].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Шавкат Мирзиёев заявил о необходимости конституционных реформ“. Qaraldi: 3-iyun 2022-yil.
- ↑ „КОНСТИТУЦИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН“. Qaraldi: 3-iyun 2022=yil.
- ↑ „Президент: Статьи 70−75 Конституции менять не будут“. Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
- ↑ „Конституция не будет меняться без обсуждения с народом — Танзила Нарбаева“. Qaraldi: 3-iyun 2022-yil.
- ↑ „ИНФОРМАЦИЯ о заседании Кенгаша Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан“. 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
- ↑ „Сенат одобрил поправки в Конституцию“. Qaraldi: 3-iyun 2022-yil.
- ↑ „Выборы президента состоятся в октябре“. Qaraldi: 3-iyun 2022-yil.
- ↑ „Современный конституционализм: национальный и зарубежный опыт“. 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
- ↑ „Современный конституционализм: национальный и зарубежный опыт“. Qaraldi: 3-iyun 2022-yil.
- ↑ „Комиссию по реформе конституции возглавил Акмаль Саидов“. Qaraldi: 3-iyun 2022-yil.
- ↑ 11,0 11,1 „Партии озвучили свои предложения по изменению Конституции“. Qaraldi: 12-iyun 2022-yil.
- ↑ „Какие предложения по изменению Конституции уже поступили?“. Qaraldi: 3-iyun 2022-yil.
- ↑ „Ўзбекистонни парламентар республикага айлантириш таклиф этилди“. 2022-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
- ↑ „Mening Konstitutsiyam“. Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |