Oʻzbekiston markasi nashriyot markazi
"OʻZBEKISTON MARKASI" NASHRIYOT MARKAZI — pochta xizmati, pochta markalarini nashrga tayyorlash va ularni pochta muomalasiga chiqarish ishlari bilan shugʻullanadigan tashkilot. 1992-yilda tashkil etilgan. Dastlabki pochta markalari rus va nemis mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqarildi. 1996-yildan respublika rassomlari, dizaynerlari va mutaxassislari tomonidan nashrga tayyorlanib, chop etila boshlandi. Pochta markalarida davlatimiz tarixi, xalqimiz madaniyati va anʼanalari, fan va texnika sohasidagi yutukdar, xalqimizning buyuk siymolari, tarixiy obidalar, respublika hududida oʻsuvchi kamyob oʻsimliklar va hayvonot olamida yoʻqolib borayotgan hayvon turlari aks ettiriladi.
"Oʻzbekiston markasi nashriyot markazi" n.m. oʻz mahsulotlari (pochta markalari) bilan xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etdi. Markaz filatelistik material tarqatuvchi chet el firmalari va tashkilotlari bilan yozishmalar olib boradi (yana qarang Aloqa markalari, Pochta aloqasi, Filateliya).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |