Oʻzbekiston pochta markalari (1992)
Oʻzbekistonnig 1992-yilgi pochta markalari Oʻzbekistonda amalda boʻlgan pochta aloqasi toʻlov belgisi hisoblanib, ular 1992-yilda „Oʻzbekiston pochtasi“ konserni tomonidan muomalaga chiqarilgandir.
1992-yilda mustaqil Oʻzbekistonda muomalaga chiqarilgan ilk pochta markalari Rossiyaning Moskva shahrida fotogravyura va ofset litografiya usulida chop etilgan.
Oʻzbekistonda muomalaga kiritilgan birinchi pochta markasida oʻzbek klassik shoirasi, malika Nodirabegim tasviri tushirilgan[1].
1992-yilda hammasi boʻlib 6 xil koʻrinishdagi pochta markasi muomalaga chiqarilgan[1].
Kommemorativ markalar roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi jadvalda keltirilgan markalarning barchasi kommemorativ hisoblanadi. Ularning tartib raqami „Oʻzbekiston pochtasi“ rasmiy saytida keltirilgan tartib raqam bilan bir xil[1], qavs ichida „Michel“ markalar katalogidagi tartib raqami koʻrsatilgan[2].
T.r. | Tasviri | Tavsifi | Nominali | Sanasi | Adadi | Oʻlch. (mm) | Rassom/ dizayner |
M |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
№ 1 (Mi #UZ 1) |
Nodira tavalludining 200 yilligi munosabati bilan chiqarilgan marka | 20 tiyin |
7-may | 2 500 | 26 x 37 | Boris Ilyuxin | [1][2] | |
№ 2 (Mi #UZ 2) |
Melitaea acreina — Fargʻona choʻl shashkasi (bu kapalak turi faqat Fargʻona vodiysida yashaydi. U Qizil kitobga kiritilgan) | 1 soʻm |
10-avgust | 3 000 | 40 x 28 | [1][2][3] | ||
№ 3 (Mi #UZ 3) |
Markada „Hur Oʻzbekiston 1 yoshda“, deb yozilgan va Oʻzbekiston bayrogʻi hamda Toshkentdagi Koʻkaldosh marsasi tasvirlangan | 25-avgust | 2 090 | Mixail Slonov | [1][2] | |||
№ 4 (Mi #UZ 4) |
Markada Xiva shahridagi Qutlugʻmurod inoq madrasasi tasvirlangan | 0,50 soʻm |
20-oktyabr | 2 200 | Leonid Zaytsev | [1][2] | ||
№ 5 (Mi #UZ 5) |
Markada Samarqand shahridagi Registon majmuasi tasvirlangan. Marka Ogʻaxon jamgʻarmasi koʻmagida chiqarilgan. Markaning yuqori qismida jamgʻarma emblemasi joylashtirilgan | 10 soʻm |
28-oktyabr | 500 | 52 x 37 | ? | [1][4][5] | |
№ 6 (Mi #UZ 6) |
Mis idish. Oftoba. Qoʻqon XIX asr | 0,50 soʻm |
20-noyabr | 4 000 | 40 x 31 | Aleksandr Jarov | [1][2] |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 „Markalar katalogi“. Uzpost. “O‘zbekiston pochtasi” AJ. Qaraldi: 9-fevral 2024-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „Stamps“. colnect.com. Qaraldi: 9-fevral 2024-yil.
- ↑ „2. “Kapalak” pochta markasi“. uz.post. UzPost. Qaraldi: 17-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Uzbekistan“. stampworld.com. Qaraldi: 9-fevral 2024-yil.
- ↑ „5."Samarqand"pochta markasi“. uz.post. UzPost. Qaraldi: 17-sentabr 2024-yil.