Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston pochta markalari roʻyxati (2000)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston pochtasi tomonidan 2000-yilda bir qancha kommemorativ va ikki rangli standart markalar chop etilgan. Ular sirasiga „Oʻzbek milliy sirki“, „Oʻzbekiston Respublikasining ot sporti“ turkumlari, „Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli“, „Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi“, „Burhoniddin al-Margʻinoniy tavalludining hijriy sana boʻyicha 910 yilligi“, „Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar Masalasi boʻyicha Oliy Komissariatining 50 yilligi“ yubiley markalari va ikki rangdan iborat Oʻzbekiston gerbi aks etgan standart markalar kiradi.

„Oʻzbek milliy sirki“ turkumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbek milliy sirki uzoq yillik tarixga egadir. Oʻzbekiston hududida qadimdan hayvonlarni oʻrgatish, akrobatik mashqlar, chavandozlik, masxarabozlik kabi tomoshalar mavjud boʻlgan. Turli xalq sayllarida dorbozlar, sim va sharda oʻynovchilar, koʻzboylamachilar, polvonlar tomosha koʻrsatganlar. 1904-yilda Oʻzbekiston hududida birinchi maxsus sirk guruhi tashkil etilgan[1].

Mazkur pochta markalarida hozirgi zamon sirkidan ayrim chiqishlar tasvirlangan. Turkumdan 6 ta marka va 1 ta blok oʻrin olgan. Markalar bir necha ranglarda ishlangan, ofset usulida bosilgan[1].

T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
1  (Mi #UZ 240) „Oʻzbek milliy sirki“ turkumi 28 soʻm 4-yanvar 20 000 37 x 52 I. Lisenko [2]
2  (Mi #UZ 241) 36 soʻm [2]
3  (Mi #UZ 242) [2]
4  (Mi #UZ 243) 56 soʻm [2]
5  (Mi #UZ 244) [2]
6  (Mi #UZ 245) 69 soʻm [2]
7  (Mi #UZ 246)
 (Mi #UZ BL 25)

„Oʻzbek milliy sirki“ suvenir blokli markasi 100 soʻm - m: -
bl: -
[2][3]

„Oʻzbekiston Respublikasining ot sporti“ turkumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Oʻzbekiston Respublikasining ot sporti“ markalar turkumida zamonaviy ot sporti turlari aks ettirilgan. Har bir markaning oʻng tomon pastki qismida qora rangdagi yugurayotgan ot shakli mavjud. Turkum umumiy 7 markadan iborat, ulardan 6 tasi bir varaqqa birlashtirilgan. Varaq pastida lotin harflarida „Oʻzbekiston Respublikasining ot sporti“ deb yozilgan. Markalar bir necha ranglarda ishlangan, oq silliq qogʻozga ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon[4].

T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
8  (Mi #UZ 247) Uch otli izvosh 69 soʻm 1-fevral 20 000 52 x 37 O. Baklikova [2]
9  (Mi #UZ 248) Otda figurali yurish 36 soʻm [2]
10  (Mi #UZ 249) Konkur [2]
11  (Mi #UZ 250) Tekis choptirish 56 soʻm [2]
12  (Mi #UZ 251) Stipl-chez [2]
13  (Mi #UZ 252) Yoʻrttirib choptirish 75 soʻm [2]
14  (Mi #UZ 253) Doʻnonlar poygasi gʻolibi [2]
-  (Mi #UZ 248-253KB) „Oʻzbekiston Respublikasining ot sporti“ turkum varagʻining umumiy koʻrinishi 334 soʻm 117 x 154 [2][5]

„Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli“ pochta markasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli“ pochta markasi XIX asrda yashab ijod etgan qoraqalpoq shoiri Ajiniyozga (1824–1878) bagʻishlangan. Marka ikki rangli qilib oq silliq qogʻozga ofset usulida bosilgan. Oʻlchami: 26x37. Perforatsiyasi taroqsimon[6].

T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
15  (Mi #UZ 254) Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli. Qoraqalpoq xalqining mumtoz shoiri 28 soʻm 31-mart 50 000 26 x 37 S. Sharipov [2]

„Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi“ kuponli pochta markasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu marka IX — X asrlarda yashagan imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligiga bagʻishlangan. Markada Samarqand meʼmorchiligi uslubiga monand binolar va ochiq turgan kitob tasviri chizilgan. Marka bir necha rangda ofset usulida chop etilgan[7].

T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
16  (Mi #UZ 255Zf) „Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi“ kuponli pochta markasi 60 soʻm 24-oktyabr 20 000 74 x 26 U. Solihov [2]

„Burhoniddin al-Margʻinoniy tavalludining hijriy sana boʻyicha 910 yilligi“ kuponli pochta markasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu marka XII asrda yashagan imom, fiqh olimi Burhoniddin Margʻinoniy tavalludining hijriy sana boʻyicha 910 yilligiga bagʻishlangan. Markada Bulutlar ustidagi bezakli lavhda ochiq holda turgan „Hidoya“ asari tasvirlangan. Marka bir necha rangda ofset usulida chop etilgan. Oʻlchami: 26x37. Perforatsiyasi taroqsimon[8].

T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
17  (Mi #UZ 256Zf) „Burhoniddin al-Margʻinoniy tavalludining hijriy sana boʻyicha 910 yilligi“ kuponli pochta markasi 60 soʻm 24-oktyabr 20 000 52 x 37 U. Solihov [2]

Oʻzbekiston gerbi aks etgan standart markalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
18  (Mi #UZ 259I) Oʻzbekiston gerbi 15 soʻm 5-dekabr 4 000 000 18,5 x 26 Valentin Nikitin [2]
19  (Mi #UZ 260I) 17 soʻm 2 000 000 [2]
20  (Mi #UZ 261I) 30 soʻm [2]
21  (Mi #UZ 262I) 40 soʻm 1 000 000 [2]
22  (Mi #UZ 263I) 45 soʻm 2 000 000 [2]

„Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar Masalasi boʻyicha Oliy Komissariatining 50 yilligi“ kuponli pochta markasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

BMT Bosh assambleyasining 1950-yilgi qaroriga muvofiq tuzilgan Qochoqlar masalasi boʻyicha Oliy komissariat oʻz faoliyatini 1951-yilda boshlagan. Bu tashkilot Oʻzbekistondagi faoliyatini 1993-yildan boshlab olib borgan.

Ushbu marka bir necha rangda, ofset usulida bosilgan. Markaning kupon qismida oʻzbek va ingliz tillarida yubiley matni bitilgan[9].

T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
23  (Mi #UZ 265Zf) „Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar Masalasi boʻyicha Oliy Komissariatining 50 yilligi“ kuponli pochta markasi 125 soʻm 14-dekabr 20 000 52 x 37 U. Solihov [2]