Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi


«Demokratik kuchlar bloki»

Parlament muxolafati

Turi qonun chiqaruvchi hokimiyat
Maqomi oliy davlat vakillik organi
Ishga tushgan sanasi 2002-yil 20-yanvar
Joylashuvi Toshkent shahri, Bunyodkor shoh koʻchasi, 1-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Spiker Nurdinjon Ismoilov
Bosh mahkamasi Kengash
Aʼzolari 150 nafar aʼzodan iborat
Vebsayti parliament.gov.uz
Til(lar)i Oʻzbek, Rus
Map

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasi.[1]

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79-moddasida vakolatlari berilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga:

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash;
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish;
  3. oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
  4. siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻz tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning oʻrinbosarlarini saylaydi. Spiker va uning oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi. Spiker yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri:

  1. Qonunchilik palatasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
  2. Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;
  3. Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
  4. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
  5. parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bogʻliq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
  6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va oʻzga tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish koʻradi;
  7. Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi;
  8. ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
  9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri farmoyishlar chiqaradi.

Joriy chaqiruv

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 22-dekabr va 2020-yil 5-yanvarda boʻlib oʻtgan soʻnggi parlament saylovlarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi joriy, IV chaqiriq saylangan. Hozirgi kunda chaqiriq beshta siyosiy partiyaning beshta fraksiyasidan iborat bõlib, hukmron partiya — markazchi Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, hukumatga sodiq boʻlgan oʻng qanot “ Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlar soni boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi. “Adolat” soʻl sotsial-demokratik partiyasi va Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi oʻzini parlament muxolifati deb xisoblaydi.

Shuningdek qarang: IV chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxati (2020—2025)

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining amaldagi chaqiruvi tarkibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining amaldagi chaqiruvi tarkibi
Yuk tashish Joylar
    Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi
53 / 150
    “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi
36 / 150
    “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi
24 / 150
    Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
22 / 150
    Oʻzbekiston Ekologik partiyasi
15 / 150
  1. Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi
  2. Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi
  3. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
  4. Xalqaro ishlar va parlametlararo aloqalar qoʻmitasi
  5. Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi
  6. Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi
  7. Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
  8. Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi
  9. Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi
  10. Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
  11. Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi
  12. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi[2]

Qonunchilik palatasi muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin.

Komissiya Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar orasidan komissiya raisi va a’zolaridan, zarurat boʻlganida esa, shuningdek komissiya raisining oʻrinbosaridan iborat tarkibda tuziladi.

Komissiya tuzilgani toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi.

Qonunchilik palatasining komissiya tuzilgani toʻgʻrisidagi qarorida komissiyaning nomi, maqsadi va vazifalari, uning miqdoriy va shaxsiy tarkibi, komissiyaning raisi, komissiyaning faoliyat koʻrsatish muddati (oldindan belgilangan muddatga yoki muayyan vazifalarni bajarish muddatiga), komissiyaning vakolatlari, komissiya ishini ta’minlash boʻyicha tadbirlar belgilangan boʻlishi kerak.

Ayrim masalalarni tayyorlash uchun komissiya davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xoʻjalik yurituvchi sub’ektlarning vakillari orasidan ishchi guruhlari tuzishga haqlidir.

Qonunchilik palatasida quyidagi qoʻmitalar faoliyat yuritadi:

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi
  2. Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi Kengash
  4. Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya
  5. Oila va ayollar masalalari boʻyicha komissiya[3]

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ishchi organi boʻlib, Qonunchilik palatasi, uning organlari va deputatlar faoliyatining tashkiliy, huquqiy, axborot, tahliliy, moddiy-texnika va moliyaviy ta’minotini amalga oshiradi.

Qonunchilik palatasi Devoni oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Qonunchilik palatasi, uning Kengashi qarorlariga, Qonunchilik palatasi Spikerining farmoyishlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.

Qonunchilik palatasi Devoni oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining devonlari, ijro etuvchi hokimiyat va sud hokimiyati organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Qonunchilik palatasi Devoni Qonunchilik palatasi Spikerining va Qonunchilik palatasi Devoni rahbarining bevosita rahbarligi ostida ishlaydi.

Qonunchilik palatasi Devoniga Qonunchilik palatasi Devonining rahbari boshchilik qiladi.

Qonunchilik palatasi Devoni rahbarining oʻrinbosari boʻladi, u Qonunchilik palatasi Devoni tuzilmaviy boʻlinmalarining qonun ijodkorligi faoliyati sohasidagi ishini muvofiqlashtirib boradi, Qonunchilik palatasi Devoni rahbari yoʻqligida uning vazifalarini bajaradi, shuningdek oʻziga topshirilgan ish uchastkalariga rahbarlik qiladi.

Qonunchilik palatasi Devoni quyidagi tuzilmaviy boʻlinmalarni oʻz ichiga oladi:

Qonunchilik palatasining qoʻmitalari huzuridagi kotibiyat;

Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh;

Tashkiliy-nazorat va tahlil boʻlimi;

Yuridik boʻlim;

Matbuot va tahririyat boʻlimi;

Xalqaro aloqalar boʻlimi;

Matbuot xizmati;

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi;

Xatlar va fuqarolarni qabul qilish boʻlimi;

Umumiy boʻlim;

Moliya, hisob va hisobot boʻlimi;

Moddiy-texnika ta’minoti boʻlimi.

Qonunchilik palatasi Devoni boʻlimlari tarkibida sektorlar, guruhlar va boshqa tuzilmaviy boʻlinmalar tuzilishi mumkin.

Qonunchilik palatasining qoʻmitalari huzuridagi kotibiyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

qoʻmitalarning qonun ijodkorligiga doir faoliyatini tashkiliy, uslubiy, axborot va ilmiy-maslahat jihatidan ta’minlash;

qoʻmitalarga maslahat, uslubiy va axborotga oid yordam koʻrsatish, ularga tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishda koʻmaklashish;

qonun loyihalarini tayyorlash uchun ishchi guruhlarni shakllantirishda qoʻmitalarga koʻmaklashish va ularning ishida ishtirok etish;

qoʻmitalarda ish yuritishni tashkil etish va olib borish, hujjatlarning oʻz vaqtida oʻtishi va Qonunchilik palatasi rahbariyatining topshiriqlari oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan nazorat olib borish.

Muvofiqlashtiruvchi guruhning asosiy vazifasi Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihalarining va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining koʻrib chiqilishini tashkil etish hamda bu loyihalarni Qonunchilik palatasida tayyorlash, koʻrib chiqish, shuningdek qabul qilishning yoki bekor qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishdan iborat.

Tashkiliy-nazorat va tahlil boʻlimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Qonunchilik palatasi, uning organlari va deputatlari faoliyatini tashkiliy, axborot-tahliliy va maslahat jihatidan ta’minlash;

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari bajarilishini monitoring qilish va har tomonlama tahlil etishni amalga oshirish, ushbu yoʻnalishlar samaradorligini kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

qonun ijodkorligi jarayonining keng koʻlamli tahlilini amalga oshirish, qonunlarni roʻyobga chiqarish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Qonunchilik palatasining deputatlari, qoʻmitalari va deputatlar birlashmalariga ular tomonidan nazoratga oid vakolatlarini amalga oshirishda uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish.

Yuridik boʻlimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

koʻrib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonunlar, qarorlar loyihalarining, Qonunchilik palatasida ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini amalga oshirish;

normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek huquqiy tusdagi ma’lumot va axborot materiallarini tayyorlash;

Qonunchilik palatasi rahbariyatiga, Qonunchilik palatasi qoʻmitalariga (komissiyalariga), deputatlariga va Qonunchilik palatasi Devonining boshqa tuzilmaviy boʻlinmalariga axborot-huquqiy jihatdan koʻmaklashish;

qoʻmitalarning faoliyatiga axborot-huquqiy jihatdan koʻmaklashish, yuridik-maslahat yordami koʻrsatish;

Qonunchilik palatasiga kelib tushayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olishni amalga oshirish va tizimlashtirish.

Matbuot va tahririyat boʻlimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

qonunlar, qarorlar va boshqa hujjatlar loyihalarida normativ-huquqiy atamalarning oʻz mazmuniga muvofiq bir xil hamda toʻgʻri qoʻllanilishini, adabiy til qoidalari va normalarining, yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarning talablariga aniq rioya etilishini ta’minlash;

Qonunchilik palatasining matbuot organlari faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;

Qonunchilik palatasining, uning Kengashining, shuningdek Qonunchilik palatasi Devonining faoliyati bilan bogʻliq hujjatlarni tahrir va tarjima qilishni amalga oshirish.

Xalqaro aloqalar boʻlimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

xalqaro munosabatlarni amalga oshirishda Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkiliy, axborot, tahliliy va maslahat jihatidan ta’minlash;

Qonunchilik palatasining, uning qoʻmitalarining (komissiyalarining), parlamentlararo guruhlarning xalqaro va parlamentlararo aloqalarini ta’minlash, bu aloqalarni rivojlantirish va kengaytirishga koʻmaklashish, shuningdek chet el diplomatik vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari va Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi boshqa chet el vakolatxonalari bilan Boʻlimning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan amaliy aloqalar bogʻlab turish;

qoʻmitalarga xalqaro munosabatlar, parlamentlararo aloqalar masalalari boʻyicha axborot-huquqiy jihatdan koʻmaklashish, maslahat yordami koʻrsatish;

Qonunchilik palatasida xorijiy parlament delegatsiyalarining, boshqa delegatsiyalarning va chet ellik mehmonlarning tashriflarini, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlarining, uning Devoni xodimlarining tashriflarini, xizmat safarlarini tashkil etishga doir tadbirlarni amalga oshirish.

Matbuot xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Qonunchilik palatasi, uning organlari va deputatlar faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni xolisona xabardor etish boʻyicha ishlarni tashkil etish;

milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni tashkil etish;

Qonunchilik palatasining faoliyati toʻgʻrisida rasmiy xabarlarni tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalarida va Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida tezkorlik bilan tarqatish.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish hamda qoʻllash sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish va «Elektron parlament» tizimini joriy etishga doir kompleks dasturni takomillashtirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

Qonunchilik palatasining axborot-kommunikatsiya tizimini, shu jumladan elektron ovoz berish tizimini shakllantirish, rivojlantirish va undan foydalanish;

Qonunchilik palatasining, uning Kengashining, qoʻmitalarining (komissiyalarining), Qonunchilik palatasi deputatlarining va Devoni xodimlarining faoliyatiga axborot-texnik jihatdan xizmat koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash;

Qonunchilik palatasi deputatlariga va uning Devoni xodimlariga qonun loyihalarini koʻrib chiqishda, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa masalalarni hal etishda koʻmaklashish.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi oʻz zimmasiga Devon rahbari tomonidan yuklatilgan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Xatlar va fuqarolarni qabul qilish boʻlimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Qonunchilik palatasiga kelib tushayotgan va undan chiqib ketayotgan xatlarga doir ishlarni tashkil etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning Qonunchilik palatasiga kelib tushayotgan murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari buzilishini keltirib chiqarayotgan sabablarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish.

Umumiy boʻlimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Qonunchilik palatasi, uning Kengashi majlislariga tashkiliy-texnik xizmat koʻrsatilishini ta’minlash;

ish yuritishni olib borishda Qonunchilik palatasining qoʻmitalariga (komissiyalariga), deputatlar birlashmalariga va Qonunchilik palatasi Devonining tuzilmaviy boʻlinmalariga uslubiy yordam koʻrsatish;

Qonunchilik palatasida ish yuritishni tashkil etish va ta’minlash;

Qonunchilik palatasi, uning Kengashi majlislarining va Qonunchilik palatasida oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarning stenogrammalari hamda bayonnomalari oʻz vaqtida yuritilishi va rasmiylashtirilishini tashkil etish;

Qonunchilik palatasi kutubxonasining ishini tashkil etish.[4]

Chaqiruvlar tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

I chaqiriq (2005—2009)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yil 26-dekabr va 2005-yil 9-yanvardagi parlament saylovlarida saylangan.

Shuningdek qarang: 1-chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxati (2005—2009)

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 1-chaqiriq tarkibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 1-chaqiriq tarkibi
Yuk tashish Joylar
    Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi
41 / 150
    Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
28 / 150
    “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi
18 / 150
    Saylovchilar tashabbus guruhidan deputatlar bloki
14 / 150
    “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi
11 / 150
    “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi
10 / 150

II chaqiriq (2010—2014)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil 27-dekabr va 2010-yil 10-yanvardagi parlament saylovlarida saylangan.

Shuningdek qarang: Ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxati (2010—2014)

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining II chaqiriq tarkibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining II chaqiriq tarkibi
Yuk tashish Joylar
    Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi
53 / 150
    Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
32 / 150
    “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi
31 / 150
    “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi
19 / 150
    Oʻzbekiston Ekologik harakati
15 / 150

III chaqiriq (2015—2019)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 21-dekabr va 2015-yil 4-yanvarda boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida saylangan.

Shuningdek qarang: III chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxati (2015—2019)

III chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining tarkibi
III chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining tarkibi
Yuk tashish Joylar
    Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi
52 / 150
    “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi
36 / 150
    Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
27 / 150
    “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi
20 / 150
    Oʻzbekiston Ekologik harakati
15 / 150



  1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
  2. „Qoʻmitalar“. 1-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-avgust 2019-yil.
  3. „komissiyalar“. 1-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-avgust 2019-yil.
  4. „Qonunchilik palatasi devoni“. 1-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-avgust 2019-yil.