Kontent qismiga oʻtish

Obdasta

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mis obdasta

Obdasta (forscha: آفتابه — suv va dasta), oftoba — roʻzgʻor buyumi; yuz-qoʻlni yuvishda ishlatiladigan idish. Obdasta boʻgʻzi uzun va tor, quyi qismi (qorni) keng, baʼzan tubida chambaragi boʻladi (Qoʻqon va Toshkent obdastalari), qopqoqli, uzun va ingichka joʻmrakli, dastali. Qadimdan mis va sopoldan ishlangan, keyinchalik choʻyandan tayyorlana boshlangan, hozirda, shuningdek, zavodlarda alyuminiydan va plastmassadan quyib tayyorlanadi.

Miskarlar shakliga koʻra, turli xil obdasta (oʻrdak obdasta, tovus obdasta, tuyaboʻyin obdasta va boshqalar) tayyorlaganlar, kandakor ustalar ularni kandakori usulida turli xil nafis naqshlar bilan, baʼzan koʻzlar qadab ajoyib badiiy buyumlar yaratadilar. Ziynatlangan obdasta namunalari respublika muzeylarida, xususiy toʻplamlarda saqlanadi. Andijon, Namanganda obdasta, Qashqadaryoda ibriq deb ataladi.