Kontent qismiga oʻtish

Obid Nazirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nazirov Obid Nazirovich
Shaxsiy ma'lumotlar
Millati  Oʻzbekiston
Tug'ilishi 18-fevral 1938-yil (84 yosh)
Parkent tumani, Тoshkent viloyati
Sport
Sport Erkin kurash

Andoza:Wikidata image

Obid Nazirovich Nazirov (oʻzbekcha: Nazirov Obid Nazirovich; 1938-yil 18-fevralda Toshkent viloyati Parkent tumanida tugʻilgan.) — 1990—1992 yillarda Davlat sport qoʻmitasi raisi, 1992—1994-yillarda Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti, erkin kurash boʻyicha sport ustasi, xizmat koʻrsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi.

1938-yil 18-fevralda Toshkent viloyatining Parkent tumanida tugʻilgan.

Erkin kurash boʻyicha sport ustasi, xizmat koʻrsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi.

Obid Nazirovich 1990—1992-yillarda Davlat sport qoʻmitasi raisi boʻlgan, keyin 1992—1994-yillarda Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti lavozimiga tayinlangan. Obid Nazirovich qoʻmitaga rahbarlik qilgan davrda Toshkent shahrida,,Mehnat zaxiralari" sport majmuasi (hozirgi Respublika Mudofaa vazirligi MHSK sport majmuasi) qurilgan. 1992-yilda Oʻzbekiston sportchilari MDH terma jamoalari tarkibida Barselonada (Ispaniya) boʻlib oʻtgan XXV Olimpiya oʻyinlarida mamlakatimizni munosib himoya qilgan. Ushbu musobaqada badiiy gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina va Roziya Galiyeva, yengil atletika boʻyicha Marina Shmonina, ogʻir atletika va oʻq otish boʻyicha Sergey Sirtsov oltin medalni qoʻlga kiritgan. Anatoliy Asrolboyev kumush, qilichboz Valeriy Zaxaryevich bronza medali sohibiga aylangan.