Obnus
Obnoʻs soʻzi fors-tojik tilidan eski oʻzbek tiliga oʻtib oʻzlashgan boʻlib, qora rangli, yogʻochi mustahkam va juda ogʻir, uni kuydirganda yoqimli hid tarqatuvchi daraxt turlaridan birining nomi. Qadimgi turkiy yozma manbalarda qayd etilmagan.Alisher Navoiy asarlarida obinus shaklida qoʻllangan:
Tararda tob urar, turrai parishoning, Ki obinus tarogʻuylardurki mujgoning. (Navodir ush-shabob, 346)
Alisher Navoiyning bu baytidagi obinus soʻzi tarogʻ soʻzining aniqlovchisi boʻlib, uning qaysi tur yogʻochdan ishlanganligini koʻrsatadi.
Eski tojik tilida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eski tojik tilida obnoʻs soʻzi daraxtning turi, koʻchma maʼnoda qora, tiyra, ogʻirlik maʼnolarini anglatgan .
Hozirgi eroniy tillarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi eroniy tillarda:tojik tilida obnus, fors tilida annus, afgʻon tilida abnus, kurd tilida abanos va abnus.
Hozirgi turkiy tillarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi turkiy tillarda:oʻzbek tilida obnus kabi koʻrinishlarda qoʻllanadi.
Morfemik tahlili va maʼnosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Obnus yasama soʻz boʻlib, u ikki mustaqil soʻz — komponentdan tashkil topgan. Uning birinchi kompoenti fors-tojik tilida tarixida qoʻllanuvchi ob — suv soʻzidir. Ikkinchi komponent -nus, -noʻs ning etimoni haqida ikki hil taxmin qilamiz: 1) -noʻs soʻzi eski tojik tilidagi noʻsa, noʻs — kamalak, oʻq-yoy maʼnosidagi soʻz boʻlib, obnoʻs soʻzi tarkibida rangli, rang-barang, rangdor maʼnolari bilan keladi. Chunki obnus yogʻochidan qimmatbaxo uy-roʻzgʻor asboblari tayyorlanardiki, ular xilma-xil koʻrinish, jilo berardi va gulli boʻlardi.2) -noʻs,-nus komponenti fors-tojik tilidagi poʻs-poʻst-pust soʻzining fonetik oʻzgargan varianti boʻlishi mumkin. Obnoʻs soʻzi tarkibida shu maʼnoda kelganida, daraxtning poʻstlogʻi suvli, suvdor, sersuv kabi asosiy belgilari bilan ajratib nomlaydi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Vafoyev, Bahrom. O'simlik nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 69-70-bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.