Kontent qismiga oʻtish

Och tutun rangli albatros

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Och tutun rangli albatros
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Oila: Albatrossimonlar
Urugʻ: Tutun rangli albatroslar
Turlari: Och tutun rangli albatros
Xalqaro ilmiy nomi
Phoebetria palpebrata (Forster, 1785)
Sinonimlari
  • Diomedea palpebrata

Och tutun rangli albatros[1] (lotincha: Phoebetria palpebrata) — albatrossimonlar oilasiga mansub dengiz qushi.

Och tutun rangli albatros uzunligi 80 sm gacha boʻlgan tutun rangli albatros. Bosh, tomoq, qanot va dumining patlari toʻq jigarrang, tanasining qolgan qismi kulrang, pastki qismlari jigarrang-kulrang. Tumshugʻi uzunligi 105 mm, rangi qora. Yosh qushlarda boʻyin va orqa tomon jigarrang, koʻz atrofida oq, kulrang doiralar va tumshugʻida kulrang-sariq chiziq oʻrniga jigarrang mavjud. Qushlarning vazni 2,5 dan 3,7 kg gacha. Qanotlari 1,8 dan 2,2 m gacha. Oʻrtacha umr koʻrishi 40 yil.

Ushbu qushlar Janubiy Okean orollarida joylashgan: Shahzoda Eduard, Amsterdam, SentPol, Heard oroli va Makdonald orollari, Kempbell, Oklend, Antipod orollari, Janubiy Jorjiya, Krozet, Kerguelen, Makquari.

Ushbu tur boʻshashgan koloniyalarda yoki kichik guruhlarda koʻpayadi, baʼzan esa yolgʻiz holatda koʻpayishi mumkin[2]. Uyasini gʻarbiy shamollardan himoyalangan oʻsimliklar bilan qoplangan jar yoqasida yoki tik qiyalikda quradi. Tuqizlishi jihatdan u torf va loydan iborat boʻlgan past tepalik boʻlib, balandligi 15–30 sm (5,9–11,8 dyuym) va tagida eni 45–55 sm (18–22 dyuym) boʻlib, tepasida chashka oʻralgan chuqurchaga ega boʻladi. U oʻsimlik tanalari va oʻt qoplamasidan quriladi. Ular taxminan oktabr yoki noyabr oylarida bitta tuxum qoʻyadi. Ikkala jins ham navbatma-navbat inkubatsiya jarayonida tuxumni bosib yotadi. Inkubatsiya jarayoni 65 dan 72 kungacha davot etadi[3]. Joʻjalar tuxumdan chiqganidan keyin 20 kun davomida navbatma-navbat boqiladi, shundan soʻng ular uyalarida yolgʻiz qoladilar, kattalar esa joʻjalarni boqish uchun ozuqa izlab ketishadi. Juftliklar bir juft boʻlib yashashi oʻnlab yillar davom etishi mumkin, ular naslchilik joyida murakkab uchrashish namoyishlari orqali yangilanadi. Qushlar oʻrtacha 8—15 yoshida koʻpayishni boshlaydilar, shundan soʻng ular ikki yilda bir marta koʻpayib, har besh yilda bir joʻja chiqaradi[4].

Ularning asosiy ozuqasi boshoyoqli molyuskalar va qisqichbaqalar, shuningdek, boshqa qisqichbaqasimonlar va baliqlardir.

  1. Бёме Р. Л., Флинт В. Е. Пятиязычный словарь названий животных. Птицы. Латинский, русский, английский, немецкий, французский / Под общ. ред. акад. В. Е. Соколова. — М.: Русский язык, РУССО, 1994. — С. 15. — 2030 экз. — ISBN 5-200-00643-0.
  2. BirdLife International (2008)
  3. Robertson, C. J. R. (2003)
  4. Kerkove, B. & Lindsay, A. (2008)