Odil Qoʻysinov
Odil Qoʻysinov | |
---|---|
Tavalludi |
31-yanvar 1979-yil Piskent tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Odil Almurotovich Qoʻysinov (1979-yil 31-yanvar, Piskent tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Odil Qoʻysinov 1979-yil 31-yanvar Piskent tumanida tugʻilgan[1]. 1996—2000-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti „Kasb taʼlimi“ fakultetini tugatgan. 2000—2002 -illarda mazkur universitetning magistratura hamda 2002—2005-yillarda aspiranturasida oʻqigan. 2002—2008-yillarda shu universitetda oʻqituvchi, 2008—2010-yillarda dotsent vazifasini bajaruvchi, 2010—2012-yillarda dotsent, 2012— 2015-yillarda kafedra mudiri, 2015—2020-yillarda universitetda maʼnaviy-maʼrifiy hamda yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor lavozimida ishlagan[1]. 2020-yildan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda[2].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilali, 3 nafar farzandi bor[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yil „Kasb taʼlimi yoʻnalishi bakalavr oʻqituvchilarni tayyorlashda mustaqil taʼlimning ilmiy-metodik asoslari“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2010-yilda dotsent unvoni berilgan. 2019-yilda „Kompetentli yondashuv asosida boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirish texnologiyalari“ mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan va 2022-yilda professor ilmiy unvoni berilgan.200 ga yaqin ilmiy maqolalar, 5 ta monografiya, 7 ta darslik, 33 ta oʻquv metodik qoʻllanma, 10 ta elektron darslik muallifi. Koʻpgina xalqaro (Chexiya, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Ruminiya va Hindiston) va respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy anjumanlarda maʼruzalar bilan ishtirok etgan. 2015-yilgi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5-sinfi uchun „Mehnat taʼlimi“ darsligining hamda 2017-yilgi 6-7-sinflari uchun „Texnologiya“, 2022-yilgi 6-sinflar va 7-sinflar uchun „Texnologiya“ darsliklari mualliflaridan biri. 2015-yilda „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni sohibi boʻlgan. 2018 yil Xitoyning „Shansi Normal University“ faxriy professori unvoni sohibi boʻlgan. 2021-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 31-yanvarda tugʻilganlar
- 1979-yilda tugʻilganlar
- Piskent tumanida tugʻilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlanganlar
- Oʻzbekiston olimlari
- Fan doktorlari
- Professorlar
- Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari
- Xalq taʼlimi aʼlochisi koʻkrak nishoni sohiblari