Ogʻabek Sobirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Og'abek Sobirovdan yoʻnaltirildi)
Og'abek Sobirov
Tavalludi 24-iyun 1972-yil
Kasbi Xonanda,aktyor
Mukofotlari

Ogʻabek Sobirov – 1972-yil 24-iyun kuni Xorazm viloyati, Urganch shahrida tugʻilgan. 1978-yil Urganch shahar Alisher Navoiy nomli 9-son oʻrta maktabning birinchi sinfiga borgan. 1983-yil 2-son Bolalar musiqa maktabiga oʻqishga boradi. 1988-yili tugatib Urganch shahar M. Xarratov nomidagi sanʼat kollejiga oʻqishga kirdi. Oʻqish faoliyatida 4 yil Qashqar rubob mutahassisligi boʻyicha tahsil oldi[1]. Oʻqish jarayonida Urganch yogʻ-moy kombinati qoshidagi „Soqili navo“ ansambliga ishga kirdi. Oʻqishni tugatgach Komiljon Otaniyozov nomidagi Davlat filarmoniyasiga ishga qabul qilindi. Oʻqib yurgan paytlarida koʻpgina Davlat tadbirlarida faol ishtirok etdi. Bir qancha diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Shu bilan birga Toshkentda oʻtkazilgan Oʻrta Osiyo mintaqaviy maqomchilar koʻrik-tanlovida qatnashdi va ragʻbatlantiruvchi diplomga ega boʻldi. 1990-yil Kamolot koʻrik-tanlovida ishtirok etdi. Xonanda ilk bor 1993-yili filarmoniya binosida yakkaxon konsertini oʻtkazdi. 1996-yili Ogahiy nomidagi komediya va drama teatrida navbatdagi konsert dasturini berdi. 1997-yili Komiljon Otaniyozov xotirasining 80 yilligiga bagʻishlangan Respublika koʻrik-tanlovida ikkinchi oʻrin sohibi boʻldi. 1998-yil ilk bor Toshkentdagi Turkiston saroyining yozgi binosida yakkaxon konsert dasturini oʻtkazdi. Shu yilda boshlab xonanda „Istiqlol“ konsert saroyida konsertlarini oʻtkazib kelmoqda. 2008-yil 19-20-21-22-iyun kunlari „Istiqlol“ saroyida navbatdagi konsert dasturini oʻtkazdi. 2002-yil xonanda uchun juda omadli keldi. U shu yili Prezidentimiz tomonidan Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor boʻldi. 2007-yil xonanda aktyorlik mahoratini koʻrsatish uchun „Qizgʻaldoq“ filmida bosh rolni ijro etdi. Xonanda koʻpgina horijiy davlatlarda gastrolda boʻldi. Jumladan Turkiya, Fransiya, Malayziya, Janubiy Koreya, Vengriya, Rossiya va Eronda oʻzbek sanʼatini targʻib qildi. 2020-yil mustaqillik bayrami arafasida Oʻzbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi. 2024-yilda Tojikiston xalq hofizi faxriy unvoni bilan taqdirlangan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]