Urganch
- bu maqola Oʻzbekistondagi shahar haqida, oʻrta asrlardagi Urganch haqida Koʻhna Urganchga qarang.
Urganch | |
---|---|
Shahar | |
41°33′0″N 60°38′0″E / 41.55000°N 60.63333°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Xorazm |
Hukumat | |
• Hokim | Oybek Xolboyev[1] |
Asos solingan | 1646 |
Avvalgi nomlari | Yangi Urganch (1929-yilgacha) |
Maydon | 70 km2 (27 kv mi) |
Markazi balandligi | 90 m |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Rasmiy til(lar)i | Xorazmcha |
Aholisi (2024) |
218 000 |
Milliy tarkib | Xorazmliklar |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar, xristianlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998-62 |
Pochta indeks(lar)i | 220100 |
Avtomobil kodi |
22 (1998—2008-yillardagi eski obraz) 90 — 94 (1-oktabr 2008-yildan boshlab yangi obraz)[2] |
Urganch (1929-yilgacha Yangi Urganch) — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida. Shovot kanali shahar oʻrtasidan oʻtib, Urganchni shimoliy va janubiy qismlarga ajratgan. Shimoliy qismida, asosan, turar joy binolari, ilmiy va madaniy maorif muassasalari, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, janubiy qismida esa i.ch. korxonalari joylashgan. Har ikkala sohil bir-biri bilan koʻpriklar orqali bogʻlangan. Aholisi 200 ming kishi (2020).
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharga 1646-yilda Xiva xoni Abulgʻoziy Bahodirxon tomonidan asos solingan. Amudaryo oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, Orol dengizi tomon oqa boshlaganidan soʻng Gurganj shahri (Koʻhna Urganch) suvsiz qolgan. Abulgʻoziy Bahodirxon Gurganj, Vazir qalʼa (shahar)larida va ular atroflarida tarqoq holda yashagan aholini koʻchirib Amudaryoning jan. qismlarida joylashtirgan va aholi oʻrnashgan hudud atrofini qalʼa devori bilan mustahkamlab unga „Toza Urganch“, yaʼni „Yangi Urganch“ deb nom bergan. Shundan keyin qadimgi Gurganj shahrining nomi Koʻhna Urganch boʻlib qoldii. Yangi Urganch bilan Koʻhna Urganch oraligʻi 170 km.
Yangi Urganch (hozirgi Urganch) shahri Buyuk ipak yoʻlida joylashganligi tufayli tez surʼatlar bilan rivojlangan savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Abulgʻoziy Bahodirxonning ogʻli Anushaxon (Anushashoh) davrida (1664—89) Yangi Urganch yaqinida katta kanal qazilib, unga Shohobod (Shovot) nomi qoʻyilgan.
Mahalliy tarixchi olimlarning maʼlumotlari boʻyicha, Yangi Urganch 17—18 asrlarda balandligi 4-5 m li devor bilan oʻralgan qoʻrgʻon (shaharcha) boʻlgan. Shaharchada taxminan 5 ming kishi yashagan; koʻplab mayda doʻkonlar, ustaxonalar ishlab turgan. 1873-yil avgust oyida Turkiston viloyati gazetasida Yangi Urganch haqida shunday deb yozgan:
Kattaligi Orol boʻyidagi Kazalinskiy shahricha keladi, atrofi qalʼa devorlari bilan oʻrab olingan, Amudaryodan 12 chaqirim narida joylashgan kichkina shahar. Orol dengizidan to Xivaga kelguncha Urganchdek goʻzal shahar yoʻq. U bogʻlar va ariqlar bilan oʻrab olingan
Oʻsha davrda Yangi Urganchda 6 mingga yaqin aholi yashagan. 1889-yilda shaharda Yaroslavl manufakturasi korxonasiga qarashli paxta tozalash zavodi, 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida „Xayriya jamiyati“, RusOsiyo banki, rustuzem maktabi, xotin-qizlar maktablari ochildi. 1931-yilda viloyat teatri Xiva shahridan Urganchga koʻchib oʻtdi. 1935-yilda shaharda oʻqituvchilar instituti faoliyat koʻrsata boshladi. 1952-yilda Chorjoʻy–Urganch—Qoʻngʻirot temir yoʻli qurib bitkazildi. 1959-yildan Urganch Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi energiyasini ola boshladi, 1963-yilda Oʻrta Osiyo — Markaz magistral gaz quvuriga ulandi.
Nomi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar nomining kelib chiqishi miloddan avvalgi 7—6-asrlarga borib taʼqaladi. „Avesto“ kitobida Vurukash (Orol) dengizi boʻyida Urga (Urva) shahri boʻlganligi qayd etilgan. Tabiiy ofatlar (suv toshqini, qurgʻoqchilik) tufayli Urga hozirgi Koʻhna Urganch hududiga koʻchirilgan. 8-asrgacha „Gurganj“ nomi bilan yuritilgan. 712 yilda shahar arablar tomonidan bosib olinganidan keyin „Jurjoniya“ deb ataldi. 1221-yil moʻgʻullar egallagandan soʻng shahar nomi Urganch shaklida yuritila boshladi. 14-asr Yevropa manbalarida shahar (Koʻhna Urganch) Urganch shaklida tilga olinadi.
Mustaqillik yillarida Urganchda qurilish ishlari avj oldi. Urganchning shimoliy gʻarbiy qismida „Navroʻz“, „Taraqqiyot“, „Universitet“ shaharchalari paydo boʻldi. Urganch—Xiva oraligʻida 30 km li trolleybus qatnovi (1997) yoʻlga qoʻyildi.
Sanoat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Urganchda paxta tozalash, ekskavator, oʻt oʻrish mashinalari zavodi, „Urganchyogʻ“ zavodlari, pillakashlik, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari, Oʻzbekiston—Turkiya „Nurtop“ qoʻshma korxonasi va boshqalar faoliyat koʻrsatadi.
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Urganchda, Toshkent birinchi tibbiyot institutining filiali, 36 umumiy taʼlim, 3 musiqa, 2 kasbhunar maktablari, 8 kasbhunar kolleji mavjud. Viloyat musiqali drama va komediya teatri, kartinalar galereyasi, 27 kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, „Olimpiya“ sport majmuasi, stadionlar, sport zallari va maydonchalari, tennis kortlari bor. 21 kasalxona, poliklinika, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. 4 sanatoriy, dam olish maskanlari ishlab turibdi. 1992—2003-yillarda „Buyuk allomalar xiyoboni“, „Al-Xorazmiy“, „Al-Beruniy“, „Amir Temur“, „Mirzo Ulugʻbek“, „Abulgʻoziy Bahodirxon“, „Ogahiy“, „Komiljon Otaniyozov“, „Avaz Oʻtar“, „Humo“, „Jaloliddin Manguberdi“, „Avesto“ yodgorlik majmualari bunyod etildi.
Madaniyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]
1999-yilda shaharda Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi, 2001-yilda „Avesto“ kitobi yaratilganligining 2700 yillik yubileylari xalqaro miqyosda nishonlandi. 2003-yilda shaharda tantanali ravishda Xorazmda „Umid nihollari“ respublika sport musobaqalarining oʻtkazilishi munosabati bilan bir qancha yirik sport inshootlari bunyod etildi. Qadimiy Xiva bilan bogʻliq holda turizm rivojlangan. Mahalliy va xorijiy mehmonlar va sayyohlarga „Oʻzbekturizm“ kompaniyasining boʻlimi, „Jayhun“, „Xorazm Palas“, „Avesto“ mehmonxonalari xizmat koʻrsatadi.
OAV
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharda 27 nomda gazeta va jurnallar (jumladan, „Xorazm haqiqati“, „Urganch oqshomi“, „Yoshlar ovozi“, „Tujjor“ va boshqalar) nashr etiladi.
Meʼmoriy obidalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Meʼmoriy yodgorliklardan Doshqinbobo meʼmoriy majmuasi (1827), Salimjonovlar uyi (1902), pochta binosi (1915), Boboxun Salimov uyi (20-asr boshi) va boshqalar saqlangan.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar Toshkentdan 1100 km gʻarbda, Amudaryo sohilidan 12 km gʻarbda (Cholish pristani), Shovot kanalida joylashgan. „Urganch“ aeroporti, Turkmanobod — Beyneu yoʻlidagi temiryoʻl stansiyasi mavjud.
Aholi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholisi — 166,3 ming kishi (2017).
Yil | Aholi | ±% y.oʻ.s. |
---|---|---|
1926 | 25 | — |
1939 | 45 | +4.63% |
1959 | 64 | +1.78% |
1970 | 86 | +2.72% |
1976 | 101 | +2.72% |
1991 | 130 | +1.70% |
2021 | 205 | +1.53% |
Manba: [3][4][5] |
Aholining 90 % i — oʻzbeklar, 5 % i — ruslar, 3 % i — qozoqlar, turkmanlar, koreyslar, 2 % i — olmonlar va yahudiylar.
Iqtisodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zavodlari: yem-xashak yigʻuvchi mashina, paxta tozalovchi, yogʻ-ekstraksiya, ekskavator taʼmirlovchi, shina taʼmirlovchi; pillakashlik, tikuv fabrikalari; qurilish materiallari ishlab chiqarish.[4]
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Urganch (1981–2010, 1948–hozirgacha) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | |
Oʻrtacha maksimal, °C | 2,3 | 5,5 | 12,9 | 22,1 | 28,7 | 34,3 | 35,6 | 33,7 | 27,7 | 20,0 | 11,2 | 4,4 | |
Oʻrtacha minimal, °C | −5,7 | −4,2 | 1,6 | 8,9 | 14,5 | 19,2 | 21,0 | 18,3 | 11,9 | 5,3 | 0,2 | −4,1 | |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 11,7 | 13,2 | 18,5 | 13,9 | 11,6 | 4,0 | 1,4 | 2,1 | 1,8 | 4,6 | 10,4 | 11,9 | |
Manba: Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati[6], Pogoda.ru.net[7] Deutscher Wetterdienst (namlik)[8] |
Mashhur kishilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Anna German — polyak qoʻshiqchisi
- Viktor Kolodyajniy — rossiyalik amaldor
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Urganch shahri hokimi oʻzgardi“ (17-dekabr 2020-yil). Kun.uz
- ↑ „Oʻzbekistonning yangi avtomobil raqamlari“. Справочник Узбекистана — Золотые Страницы. 2012-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-fevral.
- ↑ BSE boʻyicha
- ↑ 4,0 4,1 "Zamonaviy izohli lugʻat" nashr. „Katta sovet ensiklopediyasi“, 1997.
- ↑ World Gazetteer: Usbekistan — die wichtigsten Städte
- ↑ „Average monthly data about air temperature and precipitation in 13 regional centers of the Republic of Uzbekistan over period from 1981 to 2010“. Centre of Hydrometeorological Service of the Republic of Uzbekistan (Uzhydromet). 15 dekember 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15 dekember 2019. (Wayback Machine saytida 2019-12-15 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Weather and Climate-The Climate of Urgench“ (ru). Weather and Climate. 18 yanuary 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 yanuary 2021.
- ↑ „Klimatafel von Urgentsch (Urganch), Gebiet Choresm / Usbekistan“ (de). Baseline climate means (1961–1990) from stations all over the world. Deutscher Wetterdienst. Qaraldi: 16 dekember 2019.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Pilyavskiy V. Urgench i Mizdaxkan. — M., 1947. („Sokroviщa zodchestva narodov SSSR“ seriyasi).
- Abulgʻozi y, Shajarai turk, T., 1991;
- Nurjanov K., Matnazarova G., Xorazm tarixi, 1—2 j., Urganch, 1995;
- Mamedov M. A., Muradov R. G., Srednevekovie pismennie istochniki o Drevnem Urgenche, Ashxabad, 2000.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Urganch haqida turkum mavjud |
- Xorazm portali
- BSE: Urganch (Oʻzbek SSRdagi shahar)
- Urganch (Gurganch, Gurganj, Jurjaniya, Koʻhna Urganch) — Xorazm poytaxti.[sayt ishlamaydi]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |