Kontent qismiga oʻtish

Tuproqqalʼa tumani

Koordinatalari: 43°1′12″N 59°21′0″E / 43.02000°N 59.35000°E / 43.02000; 59.35000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tuproqqalʼa tumani
tuman
Tarkibida Xorazm viloyati
Maʼmuriy markazi Pitnak
Asos solingan sanasi 2020-yil 11-may
Hokim Shuhrat Ahmedov
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Avtomobil raqami kodi 90
Xaritada
Tuproqqalʼa tumani xaritada
43°1′12″N 59°21′0″E / 43.02000°N 59.35000°E / 43.02000; 59.35000

Tuproqqalʼa tumani – Oʻzbekistonning Xorazm viloyatidagi tuman. 2020-yil 11-may kuni Hazorasp tumani hududini ikkiga boʻlish orqali tashkil etilgan. Shimolda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shimoli-gʻarbda Hazorasp tumani, janubi-sharqda Buxoro viloyati, janubda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni – 192 262 m², aholisi – 56,6 ming kishi (2022). Maʼmuriy markazi – Pitnak shahri. Tumanda 18 ta aholi yashash punkti mavjud[1].

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuproqqala tumanining nomi Xorazmdagi Tuproqqala qal’alarining nomi bilan bogʻliq. Xorazm vohasida 7 ta qala Tuproqqala nomi bilan ataladi. Tuproqqala tumani tashkil etilganidan soʻng qadimda bu yerlarda Tuproqqala deb nomlangan qala harobaralari mavjud. Qal’a miloddan avvalgi 4-3 asrlarda oid. Tuproqqala soʻzining maʼnosi tuproq va suv aralashmasi bilan paxsa qilingan bino qaʼla degan maʼnoni anglatadi[2].

Tashkil etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 23-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi yigʻilishida bir qator deputatlar Xorazm viloyati tarkibidagi Hazorasp tumani chegaralarini oʻzgartirish va shuning asosida Tuproqqalʼa tumanini tashkil etish toʻgʻrisidagi masalani koʻtarib chiqdilar. Ular bunga asos qilib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 13—14-mart kunlari Xorazm viloyatiga borgan paytida bergan buyruqlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholi uchun ijtimoiy-maishiy qulayliklar yaratish haqidagi topshiriqlarini koʻrsatdilar[3].

Ayrim deputatlar yangi tuman tashkil etilishi hududda qishloq xoʻjaligi, ayniqsa, chorvachilikni rivojlantirishga, hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy ettirishga va aholi bandligini taʼminlashga ijobiy taʼsir koʻrsatishini taʼkidlanganlar[3].

Hazorasp tumanining Tuproqqalʼa maskani va Pitnak shahri hududlari alohida ajratilib, Tuproqqalʼa tumani tashkil etilgach, quyidagi 15 mahalla yangi tuman tarkibiga qoʻshildi[4]:

Pitnak shahri hududidagi mahallalar
  1. A. Ibragimov
  2. Muhabbat
  3. Navbahor
  4. Obod
  5. Oxunboboyev
  6. Pastom
  7. Saidlar
  8. Sapayir
  9. Yoshlik
  10. Sharlauq
  11. Shexlar
Tuproqqalʼa maskani hududidagi mahallalar
  1. Hazorasp
  2. Nukus
  3. Sarimoy
  4. Tuproqqalʼa
  1. „Xorazm viloyati, Tuproqqal'a tumani“. https://www.tuproqqalatumani.uz. Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti. Qaraldi: 19-oktabr 2022-yil.
  2. Xorazm va Xorazmliklar. Umid Bekmuhammad. Buxoro. 2023.
  3. 3,0 3,1 „Хоразм вилояти таркибида Тупроққалъа тумани ташкил этилмоқда“. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti (2020-yil 23-mart). 2022-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2022-yil.
  4. „Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumani tashkil etilmoqda“ (2020-yil 23-mart). Qaraldi: 23-oktabr 2022-yil.