Kontent qismiga oʻtish

Shovot

Koordinatalari: 41°39′0″N 60°18′0″E / 41.65000°N 60.30000°E / 41.65000; 60.30000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shovot
shahar
41°39′0″N 60°18′0″E / 41.65000°N 60.30000°E / 41.65000; 60.30000
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Xorazm viloyati
{{{tuman_turi}}} Shovot tumani
Hukumat
Qachondan beri shahar 1981
Iqlim turi keskin kontinental
Rasmiy til(lar)i oʻzbekcha
Aholisi
 (2004)
15,8 ming
Vaqt mintaqasi UTC+5
Shovot xaritada
Shovot
Shovot

Shovot — Xorazm viloyati Shovot tumanidagi shaharcha (1972-yildan), tuman markazi. Shovot kanalining chap sohilida. Viloyat markazi (Urganch shahri)dan 40 km shimoli-gʻarbda, temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 15,8 ming kishi (2004). 1681-yilda Eski Vadoq kanali oʻrnida yangi Shohobod (Shovot) kanalining barpo etilishi munosabati bilan Xiva xoni Anushaxon Abulgʻoziy Bahodirxon oʻgʻli tomonidan asos solingan va nomini ushbu kanal (Shohobod, shevada Shovot) nomidan olgan. Shoxlar degan manolarda keladi

Shovotda paxta tozalash, gʻisht, podshipnik zavodlari, ipyigiruv fabrikasi, un, maishiy xizmat koʻrsatish ktlari, avtokorxona va boshqalar joylashgan. Mustaqillik yillarida 10 ta yirik (charm ishlab chiqarish, temirbeton, „Binokor“ maishiy xizmat koʻrsatish, „Istiqbol“, „Oʻzbekiston“ va boshqalar) korxona ishga tushirildi. „Semurgʻ“, Oʻzbekiston — Germaniya „Shovotteks“ qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi.

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharchada 6 umumiy taʼlim maktabi, 4 kasb-hunar kolleji, Komiljon Otaniyozov nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kutubxona, 3 ashula va raqs xalq dastasi, 1 musiqa maktabi, 3 bolalar kutubxonasi, „Shohobod“ markaziy stadioni, 22 tibbiy xizmat koʻrsatish muassasasi mavjud. Markaziy kasalxona (570 oʻrin), 3 poliklinika, 7 dorixona faoliyat koʻrsatadi.

Shovot Turkmanistonning Toshhovuz, Qoraqalpogʻistonning Mangʻit, Nukus, Xoʻjayli, Qoʻngʻirot shaharlari bilan avtomobil va temir yoʻllari orqali bogʻlangan Shovot — Toshkent poyezdi yurib turibdi. Shahardan viloyat markazi Urganchga avtobus qatnaydi.

  • Abulgʻoziy Bahodirxon, Shajarai turk, T., 1991;
  • Xorazm tarixi, Urganch, 1995.