Ognjen Krasić

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ognjen Krasić
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1988-yil 9-aprel
Tavallud joyi Yugoslaviya
Boʻyi 175 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Erkin agent
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2009 Voevodina 0 (0)
2008 Palich
2009 Sloboda 17 (0)
2010 Sloboda 9 (0)
2011—2012 Proleter 23 (3)
2012 Taraz 13 (0)
2013—2015 Tobol 85 (8)
2015—2016 Vojdovas 12 (1)
2016 Nasaf 12 (3)
2017 Vojdovas 11 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ognjen Krasić (serbcha: Огњен Красић; 1988-yil 9-aprelda tugʻilgan) — serb futbolchisi.[1]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

20062009-yillarda Voevodina jamoasida boʻldi. 2008-yili Palich jamoasida. 2009-yilda Sloboda jamoasida 17 marta maydonga tushdi va gol ura olmadi. 2010-yilda yana oʻsha jamoada 9 marta maydonga tushib gol urmadi. 20112012-yillarda Proleter jamoasida 23 marta maydonga tushib 3 marta gol urdi. 2012-yilda Taraz jamoasida 13 marta maydonga tushdi va gol ura olmadi.[2] 2012—2015-yillarda Tobol jamoasida 85 marta maydonga tushib, 8 ta gol urdi. 2016-yilning fevral oyida Krasich FK Vozdovac bilan shartnoma imzoladi va 12 marta maydonga tushib, 1 ta gol urdi. 2016-yilda Nasaf jamoasida 12 marta maydonga tushib, 3 ta gol urdi. 2017-yilda Vojdovas jamoasida 11 marta maydonga tushib 2 ta gol urdi. 2017—2018-yillarda Banans jamoasida 27 marta maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

2018-yil 26-iyulida Banants FC Krasich shartnoma muddati tugaganidan keyin klubni tark etganini eʼlon qildi.

2015-yildagi Qozogʻiston kubogida 2 marta maydonga tushgan. Oʻsha yilgi Premyer-Ligada 30 marta maydonga tushib 3 marta gol urdi va 11 ta gol uzatmasin amalga oshirdi. 2016-yilgi Super ligada 12 marta maydonga tushib, 1 ta gol urgan. 2018-yil Armaniston Mustaqillik kubogida 4 marta maydonga tushib, 1 ta gol urgan.[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Krasic, Ognjen“ (sr). srbijafudbal.com. Qaraldi: 2017-yil 6-aprel.
  2. „Он не Милош. Он другой“ (ruscha) (2012-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
  3. „Ognjen Krasic“ (ingliz tili). Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]