Oketo (Yaponiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oketo

置戸町
Shaharcha
Skyline of Oketo
Oketo
Bayroq
Oketo
Gerb
43°40′59.99″N 143°34′59.99″E / 43.6833306°N 143.5833306°E / 43.6833306; 143.5833306 G OKoordinatalari: 43°40′59.99″N 143°34′59.99″E / 43.6833306°N 143.5833306°E / 43.6833306; 143.5833306 G O
Mamlakat Yaponiya
Hukumat
Aholisi
 (2016-yil 30-sentyabr)
3,042
Oketo xaritada
Oketo
Oketo

Oketo (yaponcha: oketo-machi 置戸町?) – Yaponiyaning Xokkaydo prefekturasi tarkibiga kiruvchi Oxotsk subprefekturasidagi shahar.

Oketo nomi Tokoro daryosiga qoʻshiladigan irmoqlardan birining Ainu tilidagi nomidan kelib chiqadi. „O-ket-un-nai“ – qirgʻogʻida hayvonlar terisini quritish/choʻzish uchun ramkalar joylashgan daryo[1].

2016-yil sentabr holatiga koʻra, shaharda aholisi tahminan 3,042 kishi va aholi zichligi 1 km² ga 5,8 kishidan toʻgʻri keladi. Umumiy maydoni 527,54 km².

Oketo dastlab daraxt kesuvchilar urugʻ jamoasining manzilgohi boʻlgan. Hozirda dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Koʻp ekiladigan ekinlarga kartoshka, oq gulli loviya va lavlagi kiradi. Sut mahsulotlari ishlab chiqarish va chorvachilik ham yoʻlga qoʻyilgan. Oketo 1960-yillarda bir necha marta arqon tortish boʻyicha Yaponiya chempioni boʻlgan. Har yilining iyul oyida oʻtkaziladigan Ningen Banba festivalida ushbu arqon tortish anʼanasi bugungi kungacha ham davom etmoqda. Ningen Bamba davomida 5 yoki 7 kishidan iborat jamoalar sunʼiy tepaliklar orqali marra chizigʻiga chanalarni tortib chiqarishadi.

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oketoda bitta boshlangʻich maktab bor, Oketo boshlangʻich maktabi. Ilgari shaharda toʻrtta faol boshlangʻich maktab boʻlgan, ammo aholi sonining kamayishi sababli ulardan uchtasi yopilgan. Oketo oʻrta maktabi shahardagi yagona oʻrta maktabdir. Oketoda prefekturaga qarashli Oketo yuqori maktabi ham mavjud. Maktab ijtimoiy farovonlik kurslarini taklif qiladi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oketo Yaponiyada Oke-Craft deb nomlangan yogʻoch hunarmandchiligi bilan mashhur. Ushbu hunarmandchilik buyumlarining aksariyati tovoq va kosa kabi maishiy jihozlardir. Ular odatda mahalliy oq qaragʻaydan tayyorlanadi. Tarixdan oldingi davrlarda Oketo yaqinidagi togʻlar (masalan, Oketoyama) kesish asboblari va oʻq uchlari uchun ishlatiladigan obsidianning asosiy manbai boʻlgan.[manba kerak]

Talisman[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oketoning talismani bu Okebamba-kun (yaponcha: Okebanba-kun おけばんばくん?). U tabiatni sevuvchi, yumshoq o'yinchoq shaklidagi ot. U Oketoning chekka qismlarida yashaydi. U xotirjam, lekin juda beparvo. U Ningenbanbaning (Inson jismidagi ot) azaliy raqibi boʻlgan, ammo koʻp sonli magʻlubiyatlardan so'ng jang qilishni to'xtatadi. Buning oʻrniga u park golfchisiga aylandi. Ammo, golfda ham koʻplab magʻlubiyatlari natijasida yana isteʼfoga chiqadi va Katsuyama Onsen Yuyuga boradi. U har doim o'zi bilan oke (yapon anʼanaviy chelagi) olib yuradi. Uning yelkasi Oketo Park golf maydoniga oʻxshaydi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]