Kontent qismiga oʻtish

Oksana Domnina

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oksana Domnina
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Oksana Dominina
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Boʻyi 173
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 207.64
Qisqa dastur 43.76
Erkin dastur 104.99
Original raqs 64.68
Erkin raqs dasturi

Oksana Aleksandrovna Domnina (ruscha: Окса́на Алекса́ндровна До́мнина; 1984-yil 17-avgust, Kirov, SSSR) — rossiyalik figurali uchuvchi, Maksim Shabalin bilan muz ustida raqs muzobaqalarida qatnashgan. Ular 2010-yilgi Olimpiya bronza medali sovrindorlari, 2009-yilgi jahon chempioni, ikki karra Yevropa chempioni (2008 va 2010-yil), 2007-yilgi Gran-pri seriyasi gʻoliblari va 2003-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionlari. Oksana Dominina Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi (2009)[1].

Oksana Domnina va Maksim Shabalin 2008-yilgi Yevropa chempionatida
Oksana Domnina va Maksim Shabalin 2008 — 2009-yillar mavsumining Gran-pri finalida

2002-yil may oyida Oksana Maksim Shabalin bilan sport juftiligini hosil qildi. 2003-yilda ular oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqishdi.

2004-yilda Domnina va Shabalin Rossiya chempionatida ikkinchi oʻrinni egallashdi va 2005-yilda birinchi marta ushbu turnirda gʻolib chiqishdi.

Juftlik Xitoyda boʻlib oʻtgan uchinchi (1-oʻrin) va Moskvada oʻtkazilgan beshinchi (2-oʻrin) bosqichlarida juda muvaffaqiyatli chiqishlari natijasida 2006—2007-yillarda figurali uchish boʻyicha Jahon Gran-pri finalida ishtirok etdi. Finalda ular bolgar va kanada juftliklaridan keyin uchinchi oʻrinni egalladi.

2007-yilgi Rossiya chempionatida juftlik ikkinchi marta oltin medalni qoʻlga kiritdi.

2007-yilgi Yevropa chempionatida juftlik (mavsumning koʻplab musobaqalarida boʻlgani kabi) erkin raqs boʻyicha gʻalaba qozondi.

2007—2008-yilgi mavsum Oksana va Maksim uchun muvaffaqiyatli boshlandi — ular Grand Prix World Series finalida gʻolib boʻlishdi. Ammo Rossiya chempionatida Maksimning tizzasi operatsiya qilingani sabab ishtirok eta olishmadi. Qisqa reabilitatsiya davri va jarohatlarning qaytalanish xavfiga qaramay, Domnina va Shabalin Yevropa chempionatida ishtirok etishdi va gʻalaba qozonishdi. Biroq, Maksimning jarohati yomonlashdi va yana jarrohlik talab qilingani tufayli juftlik 2008-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etmadi.

2008-yil iyun oyida sportchilar oʻz murabbiylarini oʻzgartirishga qaror qildi. Juftlik Delaverga koʻchib oʻtdi va ularga Natalya Linichuk va Gennadiy Karponosov murabbiylik qildi[2].

Vankuverda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida (2010) Oksana Domnina va Maksim Shabalin bronza medallarini qoʻlga kiritdilar, shundan soʻng juftlik Shabalinning tizzasidagi jarohati tufayli sport faoliyatlarini tugatishga majbur boʻlishdi. 2010-yilda Rossiya figurali uchish federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasida Oksana va Maksim FFKKR (Rossiya figurali uchish federatsiyasi) ijroiya qoʻmitasi aʼzolari etib saylandi[3].

(Shabalin bilan)

Musobaqa 2002 — 2003 ㅤ 2003 — 2004 ㅤ 2004 — 2005 ㅤ 2005 — 2006 ㅤ 2006 — 2007 ㅤ 2007 — 2008 ㅤ 2008 — 2009 ㅤ 2009 — 2010 ㅤ
Qishki Olimpiya oʻyinlari 9 3
Jahon chempionatlari 15 10 8 7 5 1
Yevropa chempionati 12 7 6 6 2 1 WD 1
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 1
Rossiya chempionati 3 2 1 2 1 1
Gran-pri finali 5 3 1 2
Gran-pri bosqichlari: Rossiya kubogi 6 4 3 2 1 2
Gran-pri bosqichlari: Xitoy kubogi 4 1 2 1
Gran-pri bosqichlari: Skate America 3
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 6
Skate Israel 2
Karl Shefer xotirasi 1
Finlandia Trophy 2
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali 1
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Fransiya 1
Belgradda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari 1

WD = musobqani tark etgan

(Bolotin bilan)

Musobaqa 2000 — 2001 2001 — 2002
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 7
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati 3
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali 7 4
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Chexiya 2
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Bolgariya 1
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Polsha 2
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Ukraina 3