Kontent qismiga oʻtish

Oksidlar va Gidroksidlar sinfi minerallari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

[1] Oksidlar va Gidroksidlar sinfiga metallar va yarim metallarning kislorod, gidroksil guruh yoki suv bilan birikkan birikmalaridan tashkil topgan minerallar kiradi. Bu turdagi birikmalardan 30 ga yaqin kimyoviy elementlar hosil qilish mumkin. Oksidlar va Gidroksidlar sinifida 200 ga yaqin minerallar mavjud.

Turli rangdagi xalsedon, bazan kvars qatlamlarining almashinishi tufayli konsentrik zonal tuzilishga ega. Jeodalarning markaziy qismi koʻp hollarda kristall-donali kvarsdan iborat. Agatlar yoki onikslar odatda turli ranglarga boʻyalgan xalsedonning juda yupqa konsentrik-zonal yoki yassi-parallel qatlamlaridan iborat boʻlib, xilma-xil ranglarning: qizilning oq, qoraning oq, qoʻngʻirning yashil ranglar bilan almashishidan iborat.

Nomi sanskritcha upala — qimmatbaho tosh soʻzidan kelib chiqqan. Bu yunon tilida opaloe, lotinchada — opalus qabilida talaffuz qilinadi. Amorf, qattiq, gidrogel mineral. Globulyar ichki tuzilishga ega. Kimyoviy tarkibining tez oʻzgaruvchanligi bilan farq qiladi. Suv miqdori 1 dan 21 % gacha oʻzgaradi. Odatda Fe, Cr, Ni, Mn qoʻshimchalarga ega.

Turlari: qimmatbaho opal — tovlanuvchi rangga ega, gidroopal kuchli gʻovaklikka ega — suvda shaffof. Qimmatbaho opallar orasida ham bir necha turlari mavjud. Olovli opal — olovsimon qizil yoki qizgʻish jigarrang. Temir birikmalariga ega ekanligi sababli shunday rangda keladi. Prazopal — nikel tuzlari tufayli yashil rangli. Xiolit — rangsiz opal.

Uchrash shakli — oqma va ajratmalar, stalaktitlar shaklida uchraydi.

Mexanik xossalari. Ulanishi kristal panjarasi yoʻqligi tufayli boʻlmaydi. Sinishi chigʻanoqsimon. Qattiqligi 5,5 — 6,5. Zichligi 1,9 — 2,5 g/sm3

Nomi Geologiya va Mineralogiya ishqibozi boʻlgan nemis yozuvchisi I.B.Gyote sharafiga qoʻyilgan. Uchrash shakli — prizmatik va ignasimon shakldagi kristallar, silliq yaltiroq yuzali loviyasimon oqmalar, jeodalar.

Amorf modda oqma hosilalarida kuzatiladi. Rangi och sariqdan toʻq jigar va qora qoʻngʻirgacha. Optik xossalari. Chizigʻining rangi qoʻngʻir, sariqsimon-jigarrang, pushti. Shaffofmas mineral. Mexanik xossalari. Ulanishi — mukammal. Sinishi — notekis, chiziqchali. Qattiqligi — 5.5. Zichligi — 3,3-4,3 g/sm3. Kelib chiqishi - choʻkindi yoʻl bilan, oksidlanish zonalarida xemogen, temirli minerallarning nurashi tufayli hosil boʻladi. Biogen boʻlishi ham mumkin. Tarkibi qoʻngʻir temirtoshnikiga oʻxshaydi.

Ikki yoki toʻrt valentli marganesning mavjudligi ionlarning magnitli anizotropsiyasini oʻrganish orqali aniqlangan. Uchrash shakli — monoklinli, prizmatik. Kristallarining koʻrinishi prizmatik ustunsimon. Tomonlari tik yoʻnalishda kuchli tirnalgan. Gidrotermal konlarning boʻshliqlarida ustunsimon kristallarning druzalari shaklida koʻp uchraydi.Choʻkindi konlarida mayda kristalli agregatlari keng tarqalgan. Oolitli baʼzan esa oqma shaklida ham kuzatiladi. Optik xossalari. Rangi — qora. Chizigʻining rangi — qoʻngʻir. Yaltiroqligi yarimmetalsimon. Mexanik xossalari. Qattiqligi 3-4. Moʻrt mineral. Kelib chiqishi . Umuman kislorod yetishmaganda hosil boʻladi. Gillarda baʼzan radial-nurli tuzilishdagi uyushiqsimon shaklda uchraydi. Oksidlanish zonasida barqaror emas.Marganesli qapqoqlarda manganit nisbatan kam uchraydi.Kristallari druza shaklida, gidrotermal konlarda marganesning vaqt boʻyicha eng keyingi ajratmalari sifatida barit va kalsit bilan birgalikda uchraydi. Choʻkindi konlarda oolitlar va yaxlit yirik massalar shaklida kuzatiladi. Pirolyuzit-psilomelanli maʼdanlar bilan bir qatorda poʻlat eritishda ferromarganes va temirning boshqa qotishmalarini olish uchun muhim xom ashyo hisoblanadi. == Havolalar ==[2]

  1. X.Chinniqulov, A.Juliyev. Umumiy Geologiya, Toshkent — 59-60-bet. ISBN 978-9943-364-27-1. 
  2. X.Chinniqulov, A.Qo'shoqov, E.Xamidov. Umumiy Geologiya minerallar va togʻ jinslari boʻyicha lobaratoriya mashgʻulotlari", Toshkent — 54-60-bet. ISBN 978-9943-364-24-0.