Olaja
Olaja | |
---|---|
qishloq | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Xorazm viloyati |
Tuman | Xonqa tumani |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek tili |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Pochta indeks(lar)i | 220812[1] |
Avtomobil kodi | 90 |
Olaja – Oʻzbekistonning Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi qadimiy qishloqlardan biri. Tuman markazi – Xonqa shahridan 10 km uzoqlikda, Xonqa-Hazorasp yoʻli yoqasida joylashgan. Maydoni 36,2 kv km[2].
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu atamaning kelib chiqishiga Dashti Qipchoqdan koʻchib kelgan „olacha“ yoki „olaja“ urugʻining nomi asos boʻlgan. Asfandiyorxon davrida hokimyatga aralashgan nayman, uygʻur, qoʻngʻirot-qiyot kabi oʻzbek urugʻlari Xivadan tortib to Hazoraspning Xos minorasiga qadar boʻlgan hududlarga oltita-yettita qilib parchalab yuborilgan. Ushbu urugʻlar tarkibida olaja urugʻi ham boʻlgan. Qishloq aholisining hozirgi aholisi esa ajdodlari olaja urugʻiga borib taqalgani sababli hozirda ham qipchoq lahjasida gaplashadi.
Mahalliy aholi orasida esa atamaning kelib chiqishi haqida rivoyat ham mavjud. Unda aytilishicha qishloqda bir pahlavon boʻlgan. U xonlikdagi yurishlarda jasorat koʻrsatgan. Shu tufayli unga olacha toʻn kiygizilgan. Pahlavon toʻnni yechmay kiyib yurgan, xon uni „Olachali“ deb chaqairgan. Shu sababli qishloqda „olachali“ atamasi kelib chiqqan. Asta-sekin soʻz oʻzgarib „olaja“ soʻzi paydo boʻlgan[2].
Hududiy boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloq Shirin, Yangi turmush, Koʻpchilik (Oydin hayot) mahallalaridan iborat. Har bir mahalla oʻz navbatida kichik elatlarga boʻlinishi mumkin[3].
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra qishloqda 13 858 kishi istiqomat qilgan. Miliy tarkibiga koʻra qishloq aholisining asosiy qismi oʻzbeklar, undan tashqari qozoqlar, turkmanlar, ruslar, ukrainlar, koreyslar, qirgʻizlar, tatarlar ham yashaydi.
Ijtimoiy soha obyektlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloq hududida 2009-yilda namunaviy tarzda 68 ta uy-joylar qurilgan. Yana Olajada 5 ta maktab, 2 ta bogʻcha, qishloq vrachlik punkti, kollej, 28 ta doʻkon, goʻzallik saloni, bank, novvoyxona va boshqa bir qator ijtimoiy obyektlar joylashgan[3].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Нуржонов, Комилжон; Жуманиёзова, Мамлакат. Хонқа тарихи. “Хоразм” нашриёти. ISBN 978-9943-4488-1-0.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Xorazm viloyati aholi punktlari pochta indekslari“. https://www.goldenpages.uz/uz/pochta/khorezm_region_pochta/. Qaraldi: 9-oktyabr 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 Комилжон Нуржонов, Мамлакат Жуманиёзова & Хонқа тарихи, s. 29.
- ↑ 3,0 3,1 Комилжон Нуржонов, Мамлакат Жуманиёзова & Хонқа тарихи, s. 30.