Oleg Lesnichenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Futbol
Oleg Lesnichenko
Toʻliq ism Oleg Aleksandrovich Lesnichenko
Tugʻilgan vaqti 16-mart 1967(1967-03-16) (56 yosh)
Taganrog, Rostov viloyati, RSFSR, SSSR
Fuqaroligi Flag SSSR SSSR
Flag Rossii Rossiya
Boʻyi 183 sm
Pozitsiya Hujumchi
Yarim himoyachi
Klub faoliyati
1984—1986 Flag SSSR Torpedo (Taganrok) 4 (0)
1989 Flag SSSR Drujba (Maykop) 5 (0)
1989 Flag SSSR Luch (Azov) 8 (1)
1990 Flag SSSR Atommsh 7 (0)
1990 Flag SSSR Ximik (Belorechensk) 8 (3)
1991 Flag SSSR Binokor (Buxoro) 33 (4)
1992 Flag Uzbekistana Norin ? (3)
1992 Flag Belorussii Vedrich 12 (1)
1993 Flag Ukraini Medita (Shaxtyor) 18 (2)
1994 Flag Rossii Energiya (Pyatigorsk) 2 (0)
1994—1995 Flag Rossii Istochnik 13 (4)
1995 Flag Rossii Torpedo (Taganrok) 7 (0)[1]
1995 Flag Rossii Spartak-Bratiskiy 6 (2)
1996 Flag Rossii Kolos (Taganrok) 15 (1)
2000—2001 Flag Rossii Fakel (Taganrok) Havaskor
2002 Flag Rossii Metallurg (Taganrok) Havaskor

Oleg Aleksandrovich Lesnichenko (1967-yil 16-mart, Taganrog, Rostov viloyati) — sovet va rus futbolchisi, hujumchi va yarim himoyachi[2].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rostov viloyatining Taganrog shahridagi 28-maktabning sport sinfi oʻquvchisi boʻlgan. Kattalar darajasida u 1984-yilda Taganrogning „Torpedo“ tarkibida SSSR ikkinchi ligasida debyut qilgan. Keyinchalik ikkinchi va ikkinchi quyi ligada „Drujba“ (Maykop), „Luch“ (Azov), „Atommash“ (Volgodonsk), „Ximik“ (Belorechensk) klublarida toʻp surgan.

1991-yil ikkinchi quyi ligada, Oʻzbekistonning „Binokor“ (Buxoro) klubida oʻynagan. SSSR parchalanib ketganidan soʻng Namangan viloyatining „Norin“ (Haqqulobod) jamoasi tarkibida Oʻzbekiston birinchi ligasida yarim mavsum oʻtkazdi.

1992-yilning yozida u Vedrichga (Rechitsa) koʻchib oʻtdi. Belarus Premyer-ligasida u 12 oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. Yagona golini 1992-yil 12-oktyabrda BELAZ bilan oʻyinda boʻlgan.

1993-yilda u Ukraina chempionatiga oʻtadi va ikkinchi ligada Prometey / Medita klubida (Shaxtyorsk) oʻynagan. Keyingi yili u Rossiyaga qaytib keldi va u yerda professional faoliyatining oxirigacha ikkinchi va uchinchi liga jamoalari „Energiya“ (Pyatigorsk), „Istochnik“ (Rostov-na-Donu), „Torpedo“ (Taganrog), „Spartak-Bratskiy“ jamoalarida oʻynadi.

U professional faoliyatini 29 yoshida yakunlagan, keyin bir necha yil Taganrogning havaskor jamoalarida („Avangard-Kolos-2“, „Fakel“, „Metallurg“, „Krasniy Kotelshchik-V“) va faxriylar musobaqalarida ishtirok etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Лесниченко Олег Александрович - Торпедо Тг (Нап)“. 2023-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-iyun.
  2. „Lesnichenko Oleg - футболист, нападающий“. 2023-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]