Oleksandr Abdullin
Oleksandr Abdullin | |
---|---|
Tavalludi |
Олександр Абдуллін 29-iyun 1962-yil |
Fuqaroligi | SSSR va Ukraina |
Kasbi | jurnalist, deputat |
Turmush oʻrtogʻi | Tetyana Abdullin |
Bolalari | Yevgeniya, Oleksandra |
Oleksandr Rafkatovich Abdullin (ukraincha: Олекса́ндр Рафка́тович Абду́ллін, 1962-yil 29-iyunda Kievda tugʻilgan) — ukrainalik jurnalist va siyosatchi.
Lavozim va ish joylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1979—1981-yillarda — „Tochelektroprilad“ zavodida tokar, Kiev
- 1981—1983-yillar — harbiy xizmat
- 1983—1989-yillar — Taras Shevchenko nomidagi Kiev Milliy universiteti jurnalistika fakulteti talabasi
- 1985—1987-yillar — „Ukrainadan yangiliklar“ gazetasining muxbiri
- 1987—1992-yillar — „Robitnicha gazeta“ muxbiri va biznes menejeri (ing. — Mehnat gazetasi)
- 1992—1993-yillar — „Inter Trade“ kompaniyasi direktori
- 1993—1995-yillar — „Respublika“ korporatsiyasi vitse-prezidenti
- 1995—1998-yillar — „Intergaz“ YoAJ prezidenti, Kiyev
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1997-yilda Ukrainada xizmat koʻrsatgan jurnalist
- Chernobil halokatini bartaraf etuvchi
- I va II darajali Avliyo Knyaz Vladimir ordeni, Rim papasi Ioann Pavel II diplomi va I darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ medali (Afgʻoniston faxriylari ittifoqi)
- II va III darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordenlari
- Ukraina Oliy Radasining diplomi (2005).
Oliy Rada deputati
[tahrir | manbasini tahrirlash]3-Ukraina Oliy Radasi (1998—2002)
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1998-yil oktyabrdan 2002-yil aprelgacha — 3-Oliy Radaning xalq deputati sifatida Kiev viloyatidagi 97-saylov uchastkasidan 48,8 % ovoz olib 9 nafar raqibini ortdda qoldirib deputatlikkka saylangan. Saylovlar davomida u Kiev shahridagi „Intergaz“ YoAJ prezidenti lavozimida faoliyat yuritar edi.
- 1999-yil fevraldan 2001-yil aprelgacha — „Vidrodzhennya regioniv“ guruhi aʼzosi (ing. — Hududlarning tiklanishi)
- 2001-yil apreldan — „Demokratik ittifoq“ partiyasi fraksiyasi aʼzosi
- 1999-yil fevraldan — Qurilish, transport va kommunikatsiyalar qoʻmitasi aʼzosi
- 1998-yil mart — Ukraina Xristian-Demokratik partiyasidan xalq deputatligiga nomzod.
4-Ukraina Oliy Radasi (2002—2006)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdullin „Ukraina Demokratik partiyasi — Demokratik ittifoq partiyasi“ siyosiy partiyalari saylov bloki tomonidan koʻrsatilgan va Rovno viloyatidagi 156-saylov uchastkasidan saylangan. U 34,86 % ovozga ega boʻlib, 14 nafar raqibini ortda qoldirgan. Saylov paytida Abdullin Ukraina xalq deputati, „Demokratik ittifoq“ partiyasi aʼzosi, „Birlashgan Ukraina“ fraksiyasi aʼzosi (2002-yil may — iyun), Yevropa tanlov guruhi aʼzosi (2002-yil iyun — dekabr), fraksiya aʼzosi edi. Shuningdek, SDPU (20020yil dekabr — 2005-yil mart), 2005-yil mart oyidan Yuliya Timoshenko bloki aʼzosi va Atrof-muhit siyosati, tabiiy resurslar va Chornobil avariyasi oqibatlarini bartaraf etish qoʻmitasi aʼzosi (2002-yil iyunidan) boʻlgan.
Deputatlikni qabul qilgan sanasi | 2002-yil 14-may |
Partiyaga mansubligi (saylov vaqtida) | Demokratik ittifoq partiyasi |
Taʼlim | oliy |
Kasb-hunar | Jurnalist |
Oldingi ish joyi | Ukraina deputati |
Qoʻmita | Ekologik siyosat, tabiiy resurslar va Chornobil avariyasi oqibatlarini bartaraf etish qoʻmitasi |
Qoʻmitadagi lavozim | qoʻmita aʼzosi |
Fraksiya | SDPU fraksiyasi; „Birlashgan Ukraina“ fraksiyasi aʼzosi (2002-yil may — iyun) |
5-, 6-, 7- va 8-Ukraina Oliy Radasi (2006-yildan hozirgi kungacha)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yil aprel oyida Abdullin Yuliya Timoshenko bloki partiyaviy roʻyxatida 74-oʻrinni egallab, 5-Oliy Radaning Ukraina xalq deputati etib saylandi. Saylov vaqtida: Ukraina xalq deputati, „Vatan“ Butun Ukraina ittifoqining aʼzosi edi. Atrof-muhit siyosati, tabiiy resurslar va Chornobil avariyasi oqibatlarini bartaraf etish qoʻmitasi aʼzosi (2002-yil iyundan), Yuliya Timoshenko bloki fraksiyasi aʼzosi (2006-yil may oyidan), rais oʻrinbosari (2006-yil avgustdan) vazifalarida ham faoliyat yuritgan.
2007-yil noyabr oyida u Yuliya Timoshenko blokining partiya roʻyxatida paydo boʻlgan 6-Oliy Radaga saylandi. 2012-yilda „Vatan“ partiyasi roʻyxati boʻyicha parlamentga qayta saylangan.
2014-yilgi Ukraina parlament saylovlarida u yana parlamentga qayta saylandi; bu safar „Vatan“ saylovchilar roʻyxatida 17-oʻrinni egallagan edi.
2019-yilgi Ukraina parlament saylovlarida Abdullin bu safar saylov roʻyxatida 11-oʻrinni egallaganidan keyin yana „Vatan“ partiyasidan parlamentga qayta saylandi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdullin 1962-yil 29-iyunda Kievda tugʻilgan U ingliz va fransuz tillarini biladi. U qurilish kompaniyasi dizayneri Tetyana (1962-yilda tugʻilgan) bilan turmush qurgan. Ularning ikki qizi bor: Yevgeniya (1988-yilda tugʻilgan) va Oleksandra (1991-yilda tugʻilgan).
Manbalar:
[tahrir | manbasini tahrirlash]1.|refs=[1]
2.[2]
3.[3]
4.[4]
5.[5]
6.[6]
7.[7]}}
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oliy Radaning rasmiy veb-saytida Aleksandr Abdulinning profili (Wayback Machine saytida 22-yanvar 2022-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ „Народний депутат України VIII скликання: Абдуллін Олександр Рафкатович“ [Eighth convocation members of the Verkhovna Rada: Oleksandr Rafkatovych Abdullin] (ukraincha). Verkhovna Rada. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-avgust 2022-yil.
- ↑ „Абдуллин Александр Рафкатович“. politrada.com.
- ↑ „Александр Абдуллин“. liga.net.
- ↑ „Список депутатів нової Верховної Ради“ (ukraincha). Ukrayinska Pravda (11-noyabr 2012-yil).
- ↑ „Абдуллін Олександр Рафкатович“ (ukraincha). Civil movement "Chesno". 19-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Poroshenko Bloc to have greatest number of seats in parliament“. Ukrinform (8-noyabr 2014-yil).
„People's Front 0.33% ahead of Poroshenko Bloc with all ballots counted in Ukraine elections - CEC“. Interfax-Ukraine (8-noyabr 2014-yil).
„Poroshenko Bloc to get 132 seats in parliament - CEC“. Interfax-Ukraine (8-noyabr 2014-yil). - ↑ „Full electoral list of "Fatherland"“ (ukraincha). TVi (15-sentabr 2014-yil). 15-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.