Olena Kondratyuk
Olena Konstantinovna Kondratyuk | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
---|---|
Tavalludi |
17-noyabr 1970-yil Lvov, Ukraina SSR, SSSR |
Siyosiy partiyasi | Batkivshchina Butunukrain Ittifoqi |
Turmush oʻrtogʻi | Aleksandr Bogutskiy |
Bolalari | Yustina |
Taʼlim | Ivan Franko nomidagi Lvov milliy universiteti |
Kasbi | tarixchi |
Ilmiy unvoni | tarxi fanlari nomzodi |
Olena Konstantinovna Kondratyuk (ukraincha: Кондратю́к Оле́на Костянти́нівна; 17-noyabr 1970-yil, Lvov) — ukrainalik davlat arbobi va siyosatchi. 2019-yil 29-avgustdan IX chaqiriq Ukraina Oliy Radasi raisining oʻrinbosari. „Batkivshchina Butunukrain Ittifoqi“ siyosiy partiyasidan VI, VII, VIII va IX chaqiriqlar Ukraina xalq deputati, Ukraina va Polsha respublikasi Parlament assambleyasining hamraisi. Parlamentlararo ittifoqdagi Milliy parlament guruhi ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari. Oliy Radaning VIII chaqiriq soʻz erkinligi va axborot siyosati qoʻmitasi kotibi, YXHT Parlament assambleyasidagi delegatsiya aʼzosi oʻrinbosari, „Ravnie vozmojnosti“ („Teng imkoniyatlar“) fraksiyalararo deputatlar birlashmasi hamraisi. „Sovetnik“ PR agentligining sobiq direktori[1].
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1993-yilda Ivan Franko nomidagi Lvov milliy universitetining tarix fakultetini tamomlagan. Tarix fanlari nomzodi. Ukrainadagi ijtimoiy harakatlarni tadqiq qilgan. Jamoatchilik bilan aloqalar va reklama sohasidagi yetakchi mutaxassis[2].
Siyosiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yildan Timoshenko blokidan xalq deputati. 2012 va 2014-yillardagi saylovlarda „Batkivshchina“ partiyasidan qayta saylangan. Oliy Radaning soʻz erkinligi qoʻmitasi aʼzosi, 2007—2012-yillarda Markaziy Yevropa Tashabbusining parlament miqyosidagi delegatsiya aʼzosi oʻrinbosari, 2012—2014-yillarda Yevropa Kengashi Parlament assambleyasi delegatsiyasi aʼzosi oʻrinbosari boʻlgan. 91 ta qonun loyihasi muallifi: VIII chaqiriqda 34 ta qonun loyihasi (shundan 5 tasi qonunga aylandi), VII chaqiriqda 28 ta (3 tasi qonunga aylandi), VI chaqiriqda 29 ta (13 tasi qonunga aylandi)[3]. „Ukrain tilining davlat tili sifatida amal qilishini taʼminlash toʻgʻrisida“gi Ukraina qonunining hammuallifi[4]. Ushbu qonunga koʻra, 2020-yil 16-yanvardan boshlab televideniye, radio va bosma ommaviy axborot vositalaridagi barcha reklamalar faqat ukrain tilida olib borilishi kerak[5]. Qonun, shuningdek, barcha hukumat amaldorlarini ukrain tilida gapirishga majbur qiladi va ommaviy axborot vositalarida ukrain tilining nufuzini oshiradi[6]. 2011-yil dekabr oyida „Ravnie vozmojnosti“ („Teng imkoniyatlar“) fraksiyalararo deputatlar birlashmasi asoschilaridan biri boʻlgan. 2019-yilgi parlament saylovlarida „Batkivshchina“dan xalq deputatligiga nomzod, roʻyxatda 5-oʻrin[7]. Saylov natijalariga koʻra Oliy Radaning 9-chaqirigʻiga saylangan. 2019-yil avgust oyida 9-chaqiriq Ukraina Oliy Radasi raisining oʻrinbosari etib saylandi[8]. 2020-yil 13-noyabrdan 2020-yil 29-noyabrgacha Ukraina Oliy Radasi raisi vazifasini bajaruvchi[9][10]. 2021-yilda Kondratyuk „Novoye vremya“ jurnaliga koʻra[11], Ukrainaning eng yaxshi 100 ta muvaffaqiyatli ayollari roʻyxatiga kiradi.
Tanqid
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ukraina tilidagi qoʻshiqlar uchun kvotalar boʻyicha 3822-1-sonli qonun loyihasining faol tashabbuskori. Ushbu qonun loyihasi ukrain tilidagi musiqa uchun kvotani sezilarli darajada qisqartirishi, shuningdek, uni bajara olmagan stansiyalarni kvotadan ozod qilishi kerak boʻlgan[12][13].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mukofot quroli Fort-9 toʻpponchasi[14].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eri Aleksandr Bogutskiy ICTV telekanali direktori-prezidenti, EastOne investitsiya va konsalting kompaniyasi boshqaruvi aʼzosi. Yustina ismli qizi bor[15][16].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Елена Кондратюк“ (ru). ФОКУС (2011-yil 27-oktyabr). 2021-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-mart.
- ↑ „10 фактов о новом вице-спикере Рады Елене Кондратюк“ (ru). Espreso.tv. 2020-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Законопроекты, представленные субъектом права законодательной инициативы“ (uk). Верховная рада. 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-mart.
- ↑ „Офіційний портал Верховної Ради України“. w1.c1.rada.gov.ua. Qaraldi: 2021-yil 10-mart.
- ↑ „В Україні з 16 січня вся реклама має бути лише українською – Нацрада“ (uk). detector.media (2020-yil 14-yanvar). 2022-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-mart.
- ↑ „Міністри, чиновники та прокурори: Кремінь пояснив, хто буде складати іспит з мови“ (uk). www.ukrinform.ua. 2021-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-mart.
- ↑ „Центральна виборча комісія - Вибори народних депутатів України 2019“. www.cvk.gov.ua. 2019-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-mart.
- ↑ „Заступником Голови Верховної Ради України обрано Олену Кондратюк“. www.rada.gov.ua. 2022-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-mart.
- ↑ „Разумков назвав виконувача обов'язків голови Ради“ (en). tyzhden.ua. 2020-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-mart.
- ↑ „Разумков одужав від коронавірусу“ (uk). www.ukrinform.ua. 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-mart.
- ↑ „Журнал НВ называет 100 самых успешных женщин Украины“ (ru). Новое время. 2021-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-mart.
- ↑ „TAVR Media — реклама на радио в Украине“. www.tavrmedia.ua. 2021-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-mart.
- ↑ „Як автори законопроектів про квоти на пісні українською мовою шукали і знайшли компроміс“ (uk). detector.media (2016-yil 16-iyun). 2022-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-mart.
- ↑ Роман Романюк, Марія Жартовська. „Нагородний фронт. Кому Аваков подарував 400 стволів“ (uk). «Украинская правда» (2017-yil 13-yanvar). 2017-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-iyun.
- ↑ „Александр Богуцкий“. focus.ua (2016-yil 21-noyabr). 2018-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-noyabr.
- ↑ „Богуцкий Александр Андреевич“. «Левый берег» (2016-yil 12-fevral). 2019-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-noyabr.