Olima ayollar jamiyati
Bu maqolada joriy hodisalar haqida maʼlumot keltirilgan. Voqealarning rivojlanishiga qarab axborot tezda oʻzgarishi mumkin. |
Olima ayollar jamiyati — Oʻzbekistonda ilmiy izlanish va kashfiyotlari bilan davlat ravnaqiga katta hissa qoʻshib kelayotgan olima ayollarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash ishlarini tizimli ravishda tashkil qilish va muvofiqlashtirish maqsadida Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi huzurida tashkil etilayotgan nodavlat va notijorat tashkilot.
Olima ayollar jamiyati va uning hududiy boʻlinmalari Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston ixtirochi ayollari markazi nodavlat va notijorat tashkilotining takliflari asosida tashkil etilmoqda[1].
Tashkil etilishi tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olima ayollar jamiyati tashkil etilishini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan marosimda soʻzlagan nutqida eʼlon qildi[2]. Bundan 3 kun oʻtib eʼlon qilingan „Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, bir oy muddatda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi Olima ayollar jamiyatini tashkil etish chora-tadbirlari boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishi, Davlat byudjetidan 50 milliard soʻm ajratilishi belgilab qoʻyildi[3].
Bir oy oʻtib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Olima ayollar jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori loyihasi eʼlon qilindi. Jamiyat ijro organi apparati va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash, jamiyat asosiy vazifalarini bajarishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat budjetidan Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasiga 50 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratilishi rejalashtirib qoʻyildi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „«Olima ayollar jamiyati» nimalar bilan shugʻullanishi ma’lum boʻldi“. Kun.uz (2022-yil 8-aprel). Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.
- ↑ „Shavkat Mirziyoyevning 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan marosimda soʻzlagan nutqi“. Daryo.uz (2022-yil 7-mart). Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.
- ↑ „Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“. Uza.uz (2022-yil 10-mart). Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.