Olimjon Karimov
Olimjon Karimov | |
---|---|
Tavalludi |
1926-yil |
Vafoti | 2008-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Olimjon Karimov (1926-yil; Namangan shahri – 2008-yil) – texnika fanlar doktori (1967), professor (1974), paxta terish mashinalarini yaratish boʻyicha yirik konstruktorlardan biri[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olimjon Karimov 1926-yilda Namangan shahrida tavallud topgan[2]. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan, soʻngra Moskvada aspiranturada tahsil olgan. Bir muddat ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1953—1955-yillarda Toshkent viloyati partiya komitet kotibi lavozimida ham faoliyat koʻrsatgan.
Shundan soʻng Olimjon Karimov Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tekshirish institutida (1955—1957), Davlat texnika qoʻmitasining paxtachilik mexanizatsiyalash boʻlimida (1957—1959), Respublika Fanlar akademiyasining mexanika institutida (1959—1964), Oqqoʻrgʻon ilmiy-tarjiba xoʻjaligida (1964—1968) nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borgan.
U maxsus paxta terish mashinalari shubasiga rahbarlik qiladi. Olimjon Karimov „ANTX-1.2U“ paxta terish mashinalarining geometrik va mexanik koʻrsatkichlarini ilmiy asoslash mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 70-yillardayoq 40 dan ortiq ilmiy asar va ixtirolar muallifiga aylangan.
Olimjon Karimov 1981—1984-yillari Toshkent davlat politexnika institutining Namangan filialida direktor, u mustaqil institutga aylangandan soʻng rektor (1984—1985) boʻlib ishlagan. 1985-yilda „Agronauchtexmash“ shirkatini tashkil etib unga rahbarlik qilgan. 1990-yilda isteʼfoga chiqgan.
Olimjon Karimov 2008-yilda vafot etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ummatov R 2022, s. 186.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ummatov R. Gʻaznai Namangon/ Ensiklopediya (3-jildli) 1-kitob/ Oltin odamlar. Toshkent: „Sharq“, 2022 — 448-bet. ISBN 978-9943-8832-1-4.