Olimjon Toʻychiyev
Olimjon Alijonovich Toʻychiyev | |
---|---|
Turin Universiteti rektori | |
Mansab davri 2024-yil 10-yanvar – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Oʻtmishdoshi | Jamshid Inoyatxoʻjayev |
Innovatsion rivojlanish agentligi direktori | |
Mansab davri 2023-yil 18-yanvar – 2024-yil 10-yanvar | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
2-iyul 1991-yil Toshkent, Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Olimjon Alijonovich Toʻychiyev — oʻzbekistonlik texnolog va jamoat arbobi. Turin universiteti rektori.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yilda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tugʻilgan[1].
Maʼlumoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010—2015-yillarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bakalavriatura talabasi. 2016—2018-yillarda shu universitet magistraturasi talabasi. 2016—2017-yillarda Germaniyaning Xoxenxaym universiteti talabasi.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yilda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektoratida ish yurituvchi sifatida faoliyatini boshlaydi. Shu yilning oʻzida universitetning texnopark boʻlimi texnigi, foydalanish texnik boʻlimida komendant bo'lib ishlaydi. Keyinchalik universitet texnopark boʻlimi muhandisi etib tayinlanadi va ushbu lavozimda 2016-yilga qadar faoliyat yuritadi.
2017-yilda universitet texnopark boʻlimi yangi loyihalar boʻyicha muhandisi etib tayinlanadi. Shu yili Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktorining oʻrinbosari[2] lavozimiga tayinlanadi.
2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish boshqarmasi boshligʻi[3] etib tayinlanadi.
2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari[4] lavozimiga tayinlanadi va shu bilan birga Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisolashtirilgan umumtaʼlim maktab-internati direktori vazifasini ham bajaradi.
2021-yilda Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi bosh direktori[5] lavozimiga tayinlanadi.
2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori lavozimida ishlagan.
2024-yil 10-yanvarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining rektori etib tayinlangan[1][6].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yilda ovoz orqali masofadan boshqarilib, turli topshiriqlarni bajaradigan, oʻzbek tilini tushunadigan birinchi robotni yaratgani uchun „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Turin politexnika universitetiga yangi rektor tayinlandi“. kun.uz. Qaraldi: 29-dekabr.
- ↑ „25-летний магистр стал замдиректора Агентства по науке и технологиям“.
- ↑ „В Агентстве по науке и технологиям назначен 25-летний заместитель гендиректора“.
- ↑ „Заместителем министра инновационного развития стал Олимжон Туйчиев, создатель первого узбекскоязычного робота“. nuz.uz. 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
- ↑ „Олимжон Тўйчиев янги лавозимга тайинланди“. Xalq soʻzi. 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
- ↑ „Olimjon To‘ychiyev Turin politexnika universitetiga rektor bo‘ldi“. gazeta.uz. Qaraldi: 29-dekabr.