Kontent qismiga oʻtish

Olimpiya shaharchasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olimpiya shaharchasi — Toshkent shahrining sharqiy qismida, Yangi Oʻzbekiston koʻchasi boʻyida joylashadagan Olimpiya shaharchasidir. Uning qurilishiga 2022-yil 9-noyabr kuni tamal toshi qoʻyildi va bu marosimda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi[1][2][3].

Olimpiya shaharchasi Toshkentning sharqiy qismidagi Yashnobod tumanida, Toshkent Sharqiy Aeroportiga tutash hududda joylashgan.

Shaharchani qurish ishlari Xitoyning „CAMC Engineering“ kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan[4][5].

Olimpiya shaharchasining hududi 100 gektarga teng. Shaharchada 12 ming oʻrinli olimpiya stadioni, har biri 2 mingdan tomoshabinni sigʻdira oladigan suv sporti saroyi, velodrom, yakkakurashlar va jamoaviy oʻyinlar majmualari bunyod etiladi[5].

Shaharchada, shuningdek, tennis, voleybol, futbol, chim ustida xokkey, yengil atletika kabi sportlar boʻyicha 15 ta ochiq maydon boʻladi. Muzey va ofislarni oʻz ichiga olgan maʼmuriy bino, sunʼiy koʻl va bogʻ barpo etiladi[6][5].

Shaharcha qurilishi yakunlangach Sport vazirligi, Antidoping agentligi, Davlat sport akademiyasi, Jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqotlar instituti, Sport turlarini rivojlantirish markazi shu yerga koʻchiriladi[5].