Kontent qismiga oʻtish

Yangi Oʻzbekiston koʻchasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yangi Oʻzbekiston koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yashnobod, Mirzo-Ulugʻbek va Yangi Toshkent
Uzunligi 11 km
Koʻchada joylashgan binolar Koʻp qavatli uylar, Sharqiy Aeroport, Yangi Oʻzbekiston bogʻi, Olimpiya shaharchasi
Map
Yangi Oʻzbekiston koʻchasining xaritada koʻrinishi

Yangi Oʻzbekiston koʻchasi – Toshkent shahrining sharqiy qismida joylashgan boʻlib, Yashnobod va Mirzo-Ulugʻbek tumanlarini Chirchiq daryosigacha boʻlgan hududda oʻzaro ajratib turadi. Koʻchaning umumiy uzunligi 11 kmni tashkil qiladi[1][2].

Kesishgan koʻchalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻcha 3 qavatlik aylana koʻprik hududidan boshlanib[3], 4R12 trassasi bilan kesishgan hududda[4] tugaydi.

Koʻcha boʻylab koʻp qavatli uylar, Olimpiya shaharchasi majmuasi[2][1], Ekspo Markaz, Akfa universiteti, Yangi Oʻzbekiston bogʻi, Toshkent Sharqiy Aeroporti[2][1], savdo va maishiy xizmat koʻrsatish doʻkonlari joylashgan.

Koʻcha boʻylab 190-sonli avtobus harakatlanadi.

  1. 1,0 1,1 1,2 „Prezident Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi qurilish va obodonlashtirish loyihalari bilan tanishdi“. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 10-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Янги Ўзбекистон кўчасида табиат ва маданият уйғунлашади“. prezident.uz. Qaraldi: 2024-yil 10-sentyabr.
  3. 41°19′33″N 69°26′00″E / 41.325755°N 69.433434°E / 41.325755; 69.433434
  4. 41°19′16″N 69°26′54″E / 41.321056°N 69.448413°E / 41.321056; 69.448413