Kontent qismiga oʻtish

Ollabergan Poʻlatov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ollabergan Po'latov
Tavalludi 10-dekabr 1935-yil
Xonqa tumani, Xorazm viloyati
Mukofotlari “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist”

Ollabergan Poʻlatov— 1935-yil 10-dekabrda Xorazm viloyati Xonqa tumani Navxos qishlogʻida tavallud topgan. 1952-yilda tumandagi Pushkin nomli maktabni, 1954-yilda Urganch shahar oʻqituvchilar institutining Til va adabiyot fakultetini tamomlagan va oʻqituvchi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan. 1956-1958-yillarda harbiy xizmatda boʻlgan. Harbiy xizmatdan qaytgach, 1958-1960-yillar qishloq maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Soʻngra 1960 -yil yanvaridan to 1974-yil yanvarigacha Yangiariq rayon “Mashʼal” gazetasi tahririyatida masʼul kotib, muharrir oʻrinbosari, 1974-yildan to 1996-yil oktyabr oyiga qadar (nafaqaga chiqqunicha) Xonqa tumani “Shonli mehnat” hozirgi (Xonqa hayoti) gazetasi muharriri boʻlib ishlagan[1]. Ollabergan Poʻlatov butun hayotini, bor bilim va salohiyatini, tajribasini va qizgʻin ijodiy faoliyatini odamlarga ezgu soʻz aytish, ruhiyatiga tozarish, qalbiga toʻgʻrilik, mehr, ezgulik va odamiylik tuygʻularini singdirishdek olijanob ishga baxshida etib kelayotgan, ustoz ijodkordir.   Xususan, “Bir koʻza oltin”, “Choʻlda bulbul sayradi” (1994 y.), “Ajabtovur bolalar” (1997), “Jaloliddinning shamshiri” (1999 y.), “Tongga quchoq ochaman” (2000 y.), “Maʼrifat chamanzori”, “Yulduzlar jamoli” (2005 y.), “Ona qishloq sogʻinchi” (2006 y.), “Qanotli doʻstlar” (2008 y.), “Qushlar xonishi” (2009 y.), “Gul shoxida kapalak”(2015 y.), “Tafakkur oftobi” (2019 y.) deb nomlangan yigirmaga yaqin kitoblari va ayniqsa, poytaxt nashriyotida “Gʻunchalar” nomi ostida nashr qilingan saylanma asarlar toʻplami Ollabergan Poʻlatovni oʻzbek bolalar adabiyotining oʻz soʻzi va ovoziga ega boʻlgan taniqli vakili, ustoz shoir sifatida namoyon etdi. Ollabergan Poʻlatovning xalq taʼlimi sohasidagi, shuningdek, Yangiariq tumani “Mashʼal”, Xonqa tumani “Shonli mehnat” gazetalari tahririyatlaridagi koʻp yillik ijodiy va tashkilotchilik faoliyati ham tahsinga sazovor.   Ollabergan Poʻlatovning milliy jurnalistikamiz va adabiyotimiz rivojiga qoʻshgan hissasi, el-yurt oldidagi xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib baholanib, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist”(1991) unvoni bilan taqdirlangan.