Olmachi koʻchasi (Toshkent)
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Mirzo Ulugʻbek |
Uzunligi | 2 km |
Koʻchada joylashgan binolar |
Mirzo Ulugʻbek tumani prokuraturasi, fuqarolar sudi, ichki ishlar boshqarmasi Toshkent kimyo-texnologiya instituti noorganik moddalar texnologiyasi fakulteti Toshkent arxitektura va qurilish instituti arxitektura va qurilish fakulteti |
Olmachi koʻchasi — Mirzo Ulugʻbek tumanining „Olmachi“ mahallasi hududida. Mustaqillik va Parkent koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 2 km atrofida.
XX asrning 1-yarmida tashkil topgan. 1997-yil 18-dekabrda joyning tarixiy nomi sifatida Olmachi nomi berilgan. Tarkibida 6 ta tor va 5 ta berk koʻcha bor[1].
Yoʻnalishida tuman prokuraturasi, tuman fuqarolar sudi, tuman ichki ishlar boshqarmasi, „Tumangaz“, Toshkent kimyo-texnologiya instituti noorganik moddalar texnologiyasi fakulteti, Toshkent arxitektura va qurilish instituti arxitektura va qurilish fakulteti, „Kapitalbank“ filiali, Mudofaaga koʻmaklashuvchi „Vatanparvar“ tashkiloti, dorixonalar, 128-bogʻcha, 71-maktab, savdo shoxobchalari, koʻp qavatli va shaxsiy turar joy binolari joylashgan. Yaqinida Mirzo Ulugʻbek tuman hokimiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, „Buyuk Ipak yoʻli“ va „Pushkin“ metro bekatlari bor.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.