Kontent qismiga oʻtish

Kapitalbank

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kapital bank
„Kapital bank“ Aksiyadorlik Tijorat Banki
Asosiy maʼlumotlar
Turi ATB
Litsenziyasi №69 - 25.12.2021 yil
Asos solingan 2001-yil aprel.
Boyligi
Aktivlari 407 385 173.100 soʻm (ustav kapitali)
Rahbariyat Mayevskiy Kirill Leonidovich

Kapital bank — 2001-yilda faoliyatini boshlagan xususiy aksiyadorlik tijorat banki. Oʻzbekistondagi ilk xususiy tijorat banklaridan biri[1].

Ushbu xususiy tijorat bankiga 2001-yilda asos solingan. 2004-yilda esa „Aviabank“ nomli bank bilan birlashtirilgan, shundan soʻng yangi tahrirdagi ustavi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan[2]. 2008-yil dekabr oyida ushbu bank oʻzining toʻliq „Kapitalbank“ ochiq aksiyadorlik tijorat banki nomi bilan yangi tahrirdagi Nizomni roʻyxatdan oʻtkazgan. Kapital bank Markaziy bankning bank operatsiyalarini oʻtkazish boʻyicha 2014-yil 29-dekabrdagi 69-sonli litsenziyasini qoʻlga kiritgan[1].

Kapital bank aksiyalarining katta qismi Alisher Usmonov va Vladimir Skochga tegishli USM holding kompaniyasiga tegishli. 2022-yilning 4-martida ushbu holdingga qarashli boʻlgan „Telecominvest“ MChJ va „FinanceTCI“ MChJ firmalarining 100% aksiyalari sotilgan. Ushbu 2 ta firma Kapital bankning 61.54% aksiyalariga egalik qilgan[3].

Alisher Usmonov
Kapital bank internet-banking tizimining kirish qismi interfeysi.

Kapital bank chakana va yuridik mijozlarga xizmat koʻrsatadi. 2024-yilda Kapitalbankning yuridik shaxslar uchun internet-banking tizimida yangi oʻzgarishlar yoʻlga qoʻyilgan. Uzum Business bilan hamkorlikda yaratilgan ushbu tizimda bank xizmatlari oldingi internet-banking tizimiga qaraganda anchagina osonlashgan. Bu tizim bank tomonidan b2b (business to business) nomi ostida ommaga taqdim etilgan[4].

Internet-banking tizimining maxsus dasturlari ham kompyuter uchun, ham telefon (IOS va Android) uchun ishlab chiqilgan. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar ushbu xizmatdan mobil telefonda, biometrik maʼlumotlarni taqdim etgan holda cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin boʻladi. Ammo bir kamchilik jihati mavjud, toʻlov buyurtmalarining shablonlarini telefondan emas, kompyuterdan yaratish kerak, mobil telefondan esa faqat toʻlovga ruxsat berish mumkin[4].

  1. 1,0 1,1 „Kapital bank“.
  2. „Bankxizmatlari.uz“. Qaraldi: 2024-yil 20-may.
  3. „sputnik news“ (2022-yil 4-mart). Qaraldi: 2024-yil 20-may.
  4. 4,0 4,1 „B2B kapitalbank“. Qaraldi: 2024-yil 20-may.