Kontent qismiga oʻtish

TBC Bank (Oʻzbekiston)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
TBC Bank
Asosiy maʼlumotlar
Turi AJ
Shiori "Hayotingizni osonlashtiramiz"[2]
Litsenziyasi №86 2020-yil 11-aprel[1]
Asos solingan 2020-yil oktyabr
Rahbariyat Spartak Tetrashvili[1]
Boshqaruvchi jamiyati TBC Bank Group PLC (Gruziya)
Sayti https://tbcbank.uz/uz

TBC Bank — Oʻzbekistondagi aksiyadorlik tijorat banki[3]. Gruziyaning TBC Bank Group PLC kompaniyasi shuʼba bankidir[4]. Oʻzbekistondagi birinchi raqamli bank[5][6].

Bank 2020-yil aprel oyida Markaziy bank litsenziyasini oldi va 2020-yil oktyabr oyida TBC Groupga tegishli boʻlgan va mobil ilova orqali chakana bank xizmatlarini taklif qiluvchi Space innovatsion fintech platformasi asosida tijorat faoliyatini boshladi. 2022-yilning iyul oyigacha bankning TBC UZ ilovasini 2,4 milliondan ortiq kishi yuklab olgan. Ayni paytda bank O‘zbekistonning to‘qqiz shahridagi o‘nta yangi avlod shou-rumlari va respublika bo‘ylab 33 ta „mijozlarni faollashtirish punktlari“ orqali o‘z faoliyatini olib bormoqda[7].

Bankning muassisi Gruziyaning TBC Bank Group PLC kompaniyasiga kiruvchi TBC Bankdir. Gruziyaning TBC Banki Oʻzbekiston moliya bozoriga oʻzing raqamli banki bilan kirishni rejalashtirayotgani 2019-yilning yanvar oyida maʼlum boʻldi. Oʻsha yilning aprel oyida bank Payme toʻlov xizmatining 51 % aksiyalarini 5,5 million dollarga sotib oldi[8]. TBC Bank Oʻzbekistonda faoliyatini 2020-yil oktyabr oyida boshladi[9]. Va Oʻzbekistondagi birinchi raqamli bankka aylandi. Oʻsha yili yana bir raqamli bank — Anorbank ham tashkil qilindi[10].

2021-yilning sentyabr oyida Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi tashkilotlarinig har biri bankning 20 % dan aksiyasini 9,4 million dollarga sotib olgani maʼlum boʻldi. Kelishuvga koʻra tashkilotlar 2022-2024-yillarda qoʻshimcha investitsiya kiritishi koʻzda tutilgan[11].

2022-yilning avgust oyida bank oʻz aksiyadorlaridan umumiy 35,1 million dollar miqdorida qoʻshimcha investitsiya olgani maʼlum boʻldi. Summaning asosiy qismi — 21,1 million dollarni Gruziyaning TBC Bank Group kompaniyasi, qolgan qismni esa Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi tashkilotlarining har biri 7 million dollardan taqdim qilishdi[12].

TBC Bank raqamli bank boʻlgani uchun xizmatlarini asosan mobil ilova orqali taqdim qiladi. Hozirda ilova orqali quyidagi xizmatlardan foydalanish mumkin: onlayn-mikroqarzlar, omonatlar, bank kartalarini ochish, toʻlovlar va kartadan-kartaga pul oʻtkazmalari.

Aksiyadorlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil sentyabr holatiga bank aksiyalari uchta tashkilotga tegishli. Bular: TBC Bank Group PLC (60 %), Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (20 %) va Xalqaro moliya korporatsiyasi (20 %)[4].

Global Economics tomonidan bankka „2021-yilda Oʻzbekistonning eng yaxshi raqamli banki“ unvoni taqdim qilingan[13].

Rasmiy ilovasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bankning rasmiy ilovasi — TBC UZ, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „TBC Bank O'zbekiston - Depozit.uz“ (2022-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.
  2. „TBC O'zbekistondagi raqamli birinchi bank“ (2022-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.
  3. „TBC Bank aksiyadorlik tijorat banki - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki“ (2022-yil 23-iyul). Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
  4. 4,0 4,1 „"TBC Bank" aksiyadorlik tijorat banki“ (2022-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
  5. „TBC Bank стал партнером TAF!21 – Газета.uz“ (2021-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
  6. „Depozit.uz va TBC Bank o'rtasida hamkorlik o'rnatildi!“ (2021-yil 4-mart). Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
  7. „TBC Bank Uzbekistan привлек 35,1 млн долларов дополнительного капитала“ (2022-yil 9-avgust). Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
  8. „51% акций Payme приобрел грузинский TBC Bank“ (2019-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.
  9. „TBC Bank получил лицензию в Узбекистане“ (2020-yil 20-aprel). Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.
  10. „O‘zbekistondagi raqamli banklar va ularning istiqbollari“ (2021-yil 26-iyul). Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.
  11. „ЕБРР и МФК покупают доли в TBC Bank в Узбекистане“ (2021-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.
  12. „ЕБРР и МФК выделили банку TBC Uzbekistan ещё по $7 млн инвестиций“ (2022-yil 8-avgust). Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.
  13. „«Новая глава в истории» — TBC Bank об итогах в Узбекистане за 2021 год“ (2022-yil 14-aprel). Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.