Kontent qismiga oʻtish

Mikrokreditbank

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mikrokreditbank
Asosiy maʼlumotlar
Asos solingan 2006-yil may
Avvalgi nomi "Tadbirkor" bank
Egalari
Bosh kompaniyasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi
Mikrokreditbank Vikiomborda

"Mikrokreditbank" - Oʻzbekistondagi yirik aksiyadorlik-tijorat banklaridan biri. 2006-yilga qadar „Tadbirkor“ bank sifatida faoliyat yuritgan.

Tashkil etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Mikrokreditbank“ aksiyadorlik-tijorat banki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi „Mikrokreditbank“ aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida"gi qaroriga asosan „Tadbirkor“ aksiyadorlik tijorat banki negizida tashkil etilgan[1]. Bank Boshqaruvi raisi Butayev Orif Aliboyevich.

Boshqaruvi (Bosh ofisi) Toshkent shahri Amir Temur shoh koʻchasi 4-uyda joylashgan.

Bank missiyasi: Kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, kam taʼminlanganlarni qoʼllab-quvvatlash, hunarmandchilik va kasanachilikni faollashtirish yoʼli bilan yangi ish oʼrinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand boʼlishini taʼminlash uchun moliyaviy mablagʼlar berish.

Bankni rivojlantirish strategiyasi:

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Moddiy infratuzilmani rivojlantirish;
  • Strategik hamkorlikni rivojlantirish;
  • IT ni qoʼllashni takomillashtirish;
  • Rivojlangan mamlakatlar bank tizimi va mahsulotlarini oʼrganish hamda joriy qilish.

Reyting tashkilotining bahosi:

1. Hozirgi kunda bank „BB-“ darajasidagi „Fitch Ratings Ltd.“ tashkilotining reytingiga ega. Reyting bahosi – „Barqaror“ boʼlib, u aktivlar sifatining qoniqarli darajada ekanligini, daromadning yaxshiligini, likvidlilik va kapital yetarlilik darajasining talablarga mos ekanligini oʼzida aks ettiradi. 2. Joriy yilning 6-aprel kuni Moody’s xalqaro reyting agentligi „Mikrokreditbank“ ATBning uzoq muddatli kontragent riskini baholash reytingini Ba3 darajasida hamda bankning milliy va xorijiy valyutadagi depozitlari reytingini Ba3 „Barqaror“ darajasida baholadi. Bankning rasmiy sayti: mkbank.uz


Bankning asosiy aksiyadorlari Moliya vazirligi va Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidir.[2]

1993-yilda Oʻzdehqonchiliksanoatbank negizida „Tadbirkorbank“ aksionerlik tijorat banki tashkil etiladi[3].

Rasmiy ijtimoiy sahifalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bankning rasmiy ilovasi — Mavrid, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan[4].

  1. „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori sana=19.07.2024“ (lex.uz).
  2. „mkbank.uz“ (https://mkbank.uz/uz/about/).+2024-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: bank sayti yordamida ma'lumotlar to'ldirildi.
  3. „Tarix“. mkbank.uz. Qaraldi: 2-dekabr.
  4. https://depozit.uz/partners/banks/mikrokredit-bank