Kontent qismiga oʻtish

TBC Bank (Gruziya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
TBC Bank
gruzincha: თიბისი ბანკი
Turi AJ
Tarmogʻi Bank ishi, Moliyaviy xizmatlar
Qachon asos solingan 1992
Joylashuvi Tbilisi, Gruziya bayrogʻi Gruziya
Hududiy xizmati
Rahbariyat Nikoloz Enukidze (Rais)
Vaxtang Butsxrikidze
(CEO)
Mahsulot(lar)i Kredit kartasi, chakana bank ishi, korporativ bank ishi, moliya va sugʻurta, investitsiya bank ishi, ipoteka kreditlari, trast
Aylanma daromadi GEL1,290.1 million (2022)[1]
Operatsion foydasi GEL1,246.5 million (2022)[1]
Boyligi GEL29.032 milliard (2022)[1]
Boʻlinmalari Korporativ bank ishi, chakana bank ishi, kichik va oʻrta biznes (KOʻB)ni kreditlash, mikro bank ishi
Shoʻba korxonalari
Vebsayti tbcbank.ge

TBC Bank (gruzincha: თიბისი ბანკი) — bosh qarorgohi Tbilisida joylashgan gruzin banki. TBC Bank nomi bankning 1992-yilga borib taqaladigan asl nomi Tbilisi Business Centre (oʻzbekcha: Tbilisi biznes markazi)dan kelib chiqqan. Hozirgi vaqtda TBC Bank dastlabki nomining qisqartmasi emas, balki rasmiy nom sifatida roʻyxatga olingan[2].

TBC London fond birjasida listingga kiritilgan va FTSE 250 indeksining tarkibiga kiradi.

TBC Bank tarixi 1992-yilda gruziyalik ikki ishbilarmon Mamuka Xazaradze va Badri Japaridze boshqa gruzin hamkorlari bilan birgalikda Tbilisi biznes markaziga asos solganidan boshlanadi. Bank 500 AQSh dollari boshlangʻich kapitali bilan tashkil etilgan, bu 1990-yillarning boshida Gruziyada bankni tashkil etish uchun talab etiladigan eng kam miqdor bo'lgan[3]. Bank 1993-yil 20-yanvarda Milliy bank tomonidan 85-sonli umumiy bank faoliyati boʻyicha litsenziyalangan va 1993-yil may oyida xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish uchun yana bir litsenziya berilgan[4][5].

1995-yilda bank bitta filiali va 29 nafar xodimi bilan faoliyat yuritgan, uning umumiy aktivlari 1,4 million dollarni tashkil etgan. 1993-yilda bankka qoʻshilgan Vaxtang Butsxrikidze 1995-yilda TBC Bosh direktori (CEO) lavozimiga tayinlangan va shundan beri ushbu lavozimda qolmoqda[6].

2014-yil 11-iyun kuni London fond birjasi TBC Bankni Global depozitariy kvitansiyalari (GDR) listingidan soʻng asosiy bozorga taklif qildi. Bank IPOda 239 million dollar yigʻdi va uning bozor qiymati 640 million dollarga baholandi. TBC Bank IPOsi Gruziyadagi eng yirik IPO hamda Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqasidagi xalqaro indeksdan tashqari (off-index) eng yirik IPO boʻldi[7][8][9].

2019-yil yanvar oyida bank Gruziya Milliy banki 2007—2008-yillarda amalga oshirilgan ayrim operatsiyalarning qonuniyligi yuzasidan tekshiruv oʻtkazilayotganini eʼlon qildi[10].

2019-yilning fevral oyida bank Gruziya Milliy banki tomonidan TBCning raisi va oʻrinbosari manfaatlar toʻqnashuvini tartibga soluvchi qonunchilikni buzganligi sababli oʻz lavozimini tark etishlari soʻraldi[11].

Bank 2019-yilda Oʻzbekistonda bank litsenziyasiga ega boʻldi va „TBC Bank“ ATB nomi ostida mahalliy bozorda faoliyatini boshladi. Oʻsha yili Oʻzbekiston toʻlov provayderi Paymening 51 foiz ulushini $5,5 mlnga sotib oldi[12][13]. 2023-yilda esa Paymening qolgan 49% ulushini $55,7 mlnga xarid qildi va toʻlov provayderining 100% aksiyalari egasiga aylandi[14][15].

TBC Bank, Tbilisi
TBC Bank, Kutaisi

TBC Bank 2004-yil yanvar oyida Gruziyaning Tbilisi shahrida joylashgan, umumiy aktivlari 0,5 million lari boʻlgan TBC Leasing AJni tashkil etdi. Hozirda TBC Leasing kompaniyasining 89,5% aksiyalari bankka tegishli, qolgan qismiga esa YTTB egalik qiladi[16].

TBC Bank 2007-yil oxirida TBC Creditning 75,0% ulushini sotib oldi. Kompaniya ilgari SOA Kredit nomi bilan tanilgan boʻlib, 1999-yildan beri Ozarbayjonda Mikro va KOʻB (MKOʻB) moliyaviy xizmatlari bozorida faoliyat yurituvchi nobank kredit tashkiloti hisoblanadi[17].

2011-yil boshida tashkil etilgan TBC Invest AJ TBC Bankning toʻliq shoʻba korxonasi hisoblanadi. U Isroil bozorida ishlaydi va isroillik mijozlari hamda TBC Bank oʻrtasida vositachi boʻlib xizmat qiladi[18].

TBC Bank 2019-yil avgust oyida My. GE deb ataladigan Gruziya elektron tijorat platformasining katta ulushini sotib oldi[19].

TBC Insurance

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda TBC Group Kopenbur sugʻurta kompaniyasini sotib oldi va yangi TBC Insurance kompaniyasini tashkil etdi[20].

Ijtimoiy javobgarligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bankning ijtimoiy mas’uliyat loyihalari doirasida TBC Bank Gruziyadagi 2008-yilgi urush qurbonlariga yordam berish uchun TBC Fund jamgʻarmasini tashkil qildi[21]. TBC Fund 5 million lari bilan ish boshladi va koʻp oʻtmay oʻz dasturlari uchun qoʻshimcha 3 million lari toʻpladi[22].

TBC Bank, shuningdek, 2003-yildan beri yilning eng yaxshi adabiy asarlarini taqdirlashga qaratilgan SABA yillik adabiyot mukofoti hammuassisi hisoblanadi[23].

  1. 1,0 1,1 1,2 „Annual Results 2022“. TBC Bank. Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.
  2. „Welcome - TBC Bank“. tbcbank.ge. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
  3. Gorst, Isabel. „Banking, bricks and water“. Financial Times (2007-yil 31-oktyabr). 2015-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „TBC Bank“. ifc.org. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
  5. „TBC Bank, Tbilisi, Georgia - head office, address, phone, website and SWIFT-BIC codes“. banksdaily.com. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
  6. „Vakhtang Butskhrikidze“. Bloomberg. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
  7. Sergey Gevenov. „TBC Bank on the London Stock Exchange“. georgiatoday.ge. 2015-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
  8. „Agenda.ge - Georgia's TBC Bank welcomed to London Stock Exchange opening market“. agenda.ge. 2015-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
  9. „TBC hopes to deflect Russian fears with $300m LSE listing“. Financial Times. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
  10. „TBC Bank says unit being investigated by Georgia central bank“. Reuters (2019-yil 9-yanvar). 2020-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-noyabr.
  11. „TBC Bank Chair And Deputy Chair Asked To Resign From Unit By Regulator“. Caucasus Business Week (2019-yil 1-fevral). Qaraldi: 2019-yil 21-noyabr.
  12. „TBC Bank acquires leading Uzbek payment platform Payme“. Uz Daily (2019-yil 11-aprel). Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
  13. „Gruziyaning TBC Banki Payme aksiyalarini 5,5 million dollarga sotib olmoqda“. Spot.uz (2019-yil 11-aprel).
  14. „TBC Group Paymening qolgan ulushini ham sotib oldi“. Spot.uz (2023-yil 23-may).
  15. „TBC Bank Payme to‘lov xizmatidagi qolgan 49 foiz ulushni 55,7 mln dollarga sotib oldi“. Gazeta.uz (2023-yil 23-may).
  16. „Welcome - TBC Bank“. tbcbank.ge. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
  17. „EBRD supports financing to micro, small and medium enterprises in Azerbaijan“. EBRD (2013-yil 26-avgust). Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
  18. „TBC INVEST“. tbcinvest.co.il. 2013-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
  19. „TBC Group Buys Majority Stake in Georgian E-Commerce Platform MY.GE for GEL 19.5 million“. Business Media Georgia (2019-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
  20. „ABOUT US“. TBC INSURANCE.
  21. „TBC Fund“. tbcfund.ge. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
  22. „Caucasus Nature Fund - TBC Bank Partners with the Caucasus Nature Fund“. Caucasus Nature Fund. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
  23. „Saba“. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.