Kontent qismiga oʻtish

Oltin Oʻrda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oltin O‘rdadan yoʻnaltirildi)

Oltin oʻrda, shuningdek, Oltin Oʻrda davlati, Ulugʻ Ulus yoki Qipchoq xonligi (boshqirdcha: Алтын Урҙа, Altın Orda, tatarcha: Алтын Урда Altın Urda, qozoqcha: Алтын Орда) — Joʻji ulusi XIII asrning 40-yillari boshida Joʻjixonning oʻgʻli Botuxon (12381255) tomonidan asos solingan davlat. 1224-yil Joʻji ulusi Xorazm, Shimoliy Kavkazdan iborat edi. 12361240 yillarda Botuxonning yurishlari natijasida Volga bulgʻorlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim, Gʻarbiy Sibir, Oltin Oʻrdaga qoʻshib olindi. Rus knyazlari Oltin Oʻrdaga qaram boʻlib, xiroj toʻlab turganlar. Rus manbalarida bu davlat Oltin Oʻrda, Sharq manbalarida Joʻji ulusi deb atalgan. Oltin Oʻrda markazi Botuxon davrida Quyi Volgada, Saroy Botu edi. Berkaxon (12551266) davrida Saroy Berkaga koʻchirildi. Oltin Oʻrda oldin moʻgʻul qoniga qaram boʻlib, Botuning inisi Berka davrida mustaqillikka erishdi. Saroy Botu, Saroy Berka, Urganch, Sudak, Qofa (Feodosiya), Azoq savdo markazlari edi. Oltin Oʻrdani xon boshqargan. Zarurat tugʻilganda qurultoy chaqirilgan. Davlat ishlari bilan beklarbegi shugʻullangan. Devon ishlarini vazir boshqargan. Soliq yigʻish dorugʻa ixtiyorida boʻlgan. Zarur paytlarda bosqoqlar joʻnatilgan. Yana quyidagi mansab va amallar boʻlgan: alpaut (zodagon), tuman, tumanbegi, elchi, bosqoq, devon bitikchisi, tamgʻach (boj yigʻuvchi), tirnoqchi (tarozi-bon), shusunchi (taʼminotchi), yurtchi (meʼmor), yoʻl arachi (yoʻl noziri), tutqovul (qorovul), koʻpirchi, kemachi, yomchi, ovchi.

Qoʻshinlarga tumanbegi, noʻyon (amir), yuzboshilar qoʻmondonlik qilganlar. Oltin Oʻrda Joʻjining 14 nafar oʻgʻlining 13 ulusidan iborat edi. Ular oʻz uluslarini mustaqil boshqarishga intilganlar. Mustaqillik harakati Mangu Temur (12661282) vafotidan keyin kuchaydi. Tuda Mangu (12821387), Talabugʻa (12871291) xonliklari davrida tumanbegi Noʻgʻayning nufuzi koʻtarildi. 5 yil oradan oʻtgach, yana isyon koʻtarildi. Unga Oʻzbekxon (13121342) barham berdi. U va vorisi Jonibek (1342—57) davrlari O.Oʻ. harbiy salohiyatining eng kuchaygan davri boʻldi. Hokimiyat markazlashdi. Uluslar viloyatlarga aylantirildi, ularni amirlar boshqargan; qurultoylar chaqirilmay qoʻygan. Oʻzbekxon davrida O.Oʻ. qurolli kuchlari 300 mingga yetgan. Lekin, ichki ziddiyatlar 1357-yil Jonibekxonning oʻldirilishi bilan yana yuzaga chikdi. Shundan 1380 yilgacha 25 marta xon almashdi. 14-asrning 60-yillarida Xorazm mustaqil davlat boʻlib ajralib chikdi. Polsha va Litva davlati Dnepr daryosi havzasini bosib oldi. Hojitarxon (Astraxon) xonligi tashkil topdi. Faqat Toʻxtamish davri (13801395) ga kelib isyonlar toʻxtadi. 1382-yil u Moskvani egallab, oʻt qoʻydi. Movarounnahrga tahdid sola boshladi. Amir Temurning 1389, 1391, 1395—96 yillari Toʻxtamishga qarshi yurishlari O.Oʻ.ni holdan toydirdi. Idiqu O.Oʻ.ni tiklashga hara-kat qildi, natija bermadi. XV asrning 20-yillarida Sibir xonligi, 40-yil Noʻgʻay Oʻrda, 1438-yil Qozon xonligi, 1443 yil Qrim xonligi, 60-yillarda Qozoq xonligi tashkil topdi. 1480-yil Ahmad Rusni boʻysundirishga urindi. XVI asr boshlarida Oltin oʻrda quladi.

Oltin Oʻrdaning tashkil topishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Suzdal shahri moʻgʻillar tomonidan yakson qilinyapti

Oltin Oʻrda XIII asr oʻrtalarida erkin yurt sifatida tashkil topgan. 1251-yilning boshida Qoraqorumda Joʻjilar va Tuluylar quroltoy tashkil qilishadi va Munkeni buyuk xon deb saylashadi. Botu esa <<urugʻda eng katta>> sifatida saylanadi, bu bilan Oltin Oʻrdaning erkinligi rasman tasdiqlanadi.

Botu paytida poytax Saroy Botu boʻlgan; XIV asr boshlarida poytaxt Saroy Berkaga koʻchiriladi.

Oltin Oʻrda koʻp millatli yurt boʻlgan. Saroy Botu, Saroy Berka, Urganch, Kaffa Oltin Oʻrdaning yirik shaharlari boʻlishgan.

Oltin Oʻrdaning tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oltin Oʻrda

Oltin Oʻrda ikkiga Oʻng qanot va Soʻl qanotga boʻlingan edi.

Oʻng qanot gʻarbiy Qozog'iston, Volgaboʻyi, Shimoliy Kavkaz, don, dnepr dashtlari, Qirimni oʻz ichiga olgan edi. Markazi Volga boʻylarida joylashgan edi. Oʻng Qanot Botu avlodlari tomonidan toʻgʻgridan-toʻgʻti boshqarilar edi.

Soʻl qanot markaziy Qozog'iston va Sirdaryoni oʻz ichiga olgan edi. Bu yerda Botuning ukasi O'rdu-Ichenning avlodlari tomonidan boshqarilar edi. Poytaxti Sigʻnoq shahri boʻlgan. SibirdaOltin Oʻrdaga qaram boʻlgan mahalliy sulola – Taybugʻinlar boshqarishardi.

Oltin Oʻrda merosxoʻrlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
To'xtamishning Rusga qilgan yurishi

Oltin Oʻrda bir necha xonliklarga boʻlinib ketdi: Qozon, Qrim, Astraxan, Sibir, Qozogʻ xonliklari va Nogʻay Oʻrdasiga boʻlin ketdi.

  • Grekov B. D., Yakubovskiy A.Yu., Oltin Oʻrda va uning qulashi, T., 1964; Safargaliyev M. G. Raspad Zolotoy Ordi, Saransk, 1960; Rizaetdin Faxret-din, Xani Zolotoy Ordi, Kazan, 1995Naim Norqulov.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil