Kontent qismiga oʻtish

Oltintopgan koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oltintopgan koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Bektemir
Uzunligi 4 km
Koʻchada joylashgan binolar „Koka-Kola“ LTD qoʻshma korxonasi
temir-beton zavodi
„Istal“ ilmiy-ishlab chiqarish
„Oʻzbekoltin“

Oltintopgan koʻchasi — Bektemir tumanining Olim Ashirov mahallasi hududida. Bektemir koʻchasi bilan koʻcha etagidagi dala hovlilari oraligʻida. Uzunligi 4 km atrofida.

1990-yil Toshlent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidan Toshkent shahar tasarrufiga oʻtgan. 2008-yil 6-maydan Oltintopgan nomi bilan yuritiladi. Tarkibida 1 ta berk koʻcha bor[1].

Yoʻnalishida „Koka-Kola“ LTD qoʻshma korxonasi, temir-beton zavodi, „Istal“ ilmiy-ishlab chiqarish, „Oʻzbekoltin“, mebellar ishlab chiqarish korxonalari, „BK Intrans“ xalqaro avtokorxonasi, 56-avtobaza, savdo shoxobchalari, „Imperial“ restorani, 570-maktab, bogʻcha, koʻp qavatli va shaxsiy turar joy binolari joylashgan. Yaqinida Chirchiq daryosi oqib oʻtadi.

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.