Kontent qismiga oʻtish

Omir Arbinjoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Omir Arbinjoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 905-906-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis

Omir Arbinjoniy (arabcha: أمير الاربنجني) — Muhaddis

Toʻliq ismi Abu Muslim Omir ibn Mukomil ibn Muhammad ibn Qutn ibn Usmon ibn Abdulloh ibn Osim ibn Xolid ibn Qurra ibn Mushrif Hamadoniy Arbinjoniy. Omir Arbinjoniy boshlangʻich taʼlimni Samarqandga qarashli Arbinjon qishlogʻida bobosi Muhammad ibn Qutndan olgan. Chunki, uning bobosi Muhammad ibn Qutn ham oʻz zamonasining ilimli, fozil va taniqli hadis roviysi boʻlgan. Omir Arbinjoniy toʻgʻri soʻz, ishonchli va fozil kishi boʻlib ulgʻaygan. U tomonidan rivoyat qilingan hadislar ishonchli hisoblangan. U doimo eshitgan va bilganlarini yozib yurgan.

Omir Arbinjoniy Abu Salama Yahyo ibn Mugʻira Maxzumiy, Hoshim ibn Qosim Haroniy, Horun ibn Muso Faravyi, Salama ibn Shubayb kabi allomalardan taʼlim olgan va ulardan hadislar rivoyat qilgan.

Omir Arbinjoniydan Muhammad ibn Ahmad ibn Hoshim Zahabiy, Abdurahmon ibn Fath Siroj va Muhammad ibn Zakaryo ibn Husayn Nasafiy kabi allomalar taʼlim olgan va hadis rivoyat qilgan.

Manbalarning guvohlik berishicha, Omir Arbinjoniy 293/905-906 yilda vafot etgan[1].

  1. Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 1. — Bayrut, 1988. — B. 104.