Kontent qismiga oʻtish

Omonxona (buloq)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Omonxona bulogʻiSurxondaryo viloyati, Boysun togʻlari orasida joylashgan. Omonxona bulogʻi suvi tarkibida kremniy kislotasi, temir, alyuminiy va boshqa koʻplab mineral moddalar mavjudligi aniqlangan.

Omonxona bulogʻi Surxondaryo viloyatidagi Omonxona qishlogʻi Boysun tumani markazidan 16 kilometr uzoqlikda joylashgan. Uning atrofi quyuq archazor bilan oʻralgan boʻlib, yaqin orada Omonxona gʻori ham mavjud. Gʻorning balandligi 3.5 metr, umumiy maydoni esa 60 kvadrat metrdni tashkil etadi. Gʻor ichidagi harorat tashqaridagi haroratdan koʻra farqli boʻladi[1].

Buloq suvi tarkibida kremniy kislotasi, temir, alyuminiy va boshqa koʻplab mikroelementlar mavjudligi aniqlangan. Mutaxassislarning fikricha, suv tarkibidagi foydali birikmalar jigar, oʻt pufagi yoʻllarini davolash xususiyatiga ega[2].

2018-yilda buloq suvi fabrika tomonidan qadoqlana boshlangan. Mazkur ish „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ tomonidan amalga oshirilgan. Soʻrovlarga koʻra, mahalliy aholi ham noqoqnuniy tarzda shu ish bilan shugʻullanganligi aniqlangan va ularning faoliyati toʻxtatilgan[3].

Omonxona sanatoriyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Omonxona buloq suvining shifobaxshligi sababli bu hududga Oʻzbekistonning turli hududlaridan insonlar davolanish uchun kelishadi. Shu sababli ham mazkur hududda „Omonxona“ sihatgohi tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil oktyabr oyidagi qaroriga binoan „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ ixtiyoriga berilgan.

Sanatoriyada asosan buloqning maʼdanli suvli muolajalari amalga oshiriladi. Shuningdek, sihatgohda qoʻshimcha ravishda massaj, diagnostika, UZI, elektroterapiya, fitoterapiya singari oʻnlab davolash xizmatlari ham yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, mazkur hududda Oʻzbekiston temir yoʻllari aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli zamonaviy „Omonxona“ davolash maskanidan tashqari, yana bitta zamonaviy mehmonxona, hamda 9 ta oilaviy mehmon uyi, shuningdek, shifobaxsh suvni qadoqlash korxonasi faoliyat yuritmoqda.

  1. „Omonxonaning mo`jizakor bulog`i“. geografiya.uz. geografiya.uz. Qaraldi: 08-2023.
  2. „Boysundagi Omonxona bulog‘ining siri nimada?“. daryo.uz. daryo.uz (2018-yil 16-yanvar). Qaraldi: 08-2023.
  3. „Shifobaxsh suvi pullanayotgan «Omonxona» sihatgohi: bu ishda hammasi qonun-qoidalarga mosmi?“. kun.uz. kun.uz (2020-yil 18-iyun). Qaraldi: 08-2023.