Kontent qismiga oʻtish

Omonxona (qishloq)

Koordinatalari: 38°12′0″N 67°12′0″E / 38.20000°N 67.20000°E / 38.20000; 67.20000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Omonxona
qishloq
38°12′0″N 67°12′0″E / 38.20000°N 67.20000°E / 38.20000; 67.20000
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Surxondaryo viloyati
tuman Boysun tumani
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Avtomobil kodi 75
Omonxona xaritada
Omonxona
Omonxona

Omonxona — Surxondaryo viloyatining Boysun tumaniga qarashli qishloq[1]. Tuman markazidan 16 kilometr uzoqlikda joylashgan. Atrofi qir-adirliklar bilan oʻralgan. Tabiati soʻlim. Qishloqda ming nafardan ortiq aholi, 150 xoʻjalik istiqomat qiladi. Qishloqda shifobaxsh buloq mavjud boʻlib, sayyohlarning asosiy qismi u yerga tashrif buyurishadi[2][3][4]. Qishloqda „O‘zbekiston temir yo‘llari“ aksiyadorlik jamiyatining 160 o‘rinli sanatoriysi mavjud. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rayisligida 2023-yil 7-iyun kuni oʻtkazilgan videoselektor yig‘ilishida Omonxona qishlogʻida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanishi, yo‘l bo‘yida 200 dan ziyod servis obyektlari barpo etilishi va kamida ming ish o‘rni yaratilishi aytib oʻtilgan[5].

  1. „Doimo hayratlantiradigan maskan - Boysun“. Kun.uz. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.
  2. „Дом отдыха и оздоровления - санаторий «ОМОНХОНА»“. agroturizm.uz. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.
  3. „ОМОНХОНАНИНГ МЎЖИЗАКОР БУЛОҒИ“. ekolog.uz. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.
  4. „Omonxonaning mo`jizakor bulog`i“. geografiya.uz. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.
  5. „Omonxona jozibador maskanga aylanadi“. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.