Oppoq Xo‘ja
Oppoq Xo‘ja | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Tasavvuf |
Xidayatulla Oppoq Xo‘ja ibn Xo‘ja Muxammad Yusuf — faqih, Sharqiy Turkistonning diniy va siyosiy arbobi. (milodiy 1626 — 1693/94)[1].
Oppoq Xo‘janing otasi Muhammad Yusuf Sharqiy Turkiston yoki „Olti shahr“ga O‘rta Osiyodan kelgan. Mashhur avliyo tasavvuf namoyondasi Maxdumi Aʼzam avlodidan bo‘lib,Sharqiy Turkiston mintaqasida naqshbandiylik ta’limotini yoygan.
Hokimiyat tepasiga kelishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]XVI-asrning 60 yillarida Qoshgʻar zodagonlari hokimiyat tepasiga Oppokxoʻjani ko‘tarishadi, biroq qoratogʻli urugʻiga qarshi kurashda magʻlubiyatga uchragach, Sharqiy Turkistonni tark etishga majbur boʻladi. SHundan so‘ng Oppoq Xo‘ja otasining izidan borib, Xitoyning Sing shahriga (Gansu/Singhay) vaʼz qilish uchun boradi (taxminan 1671-1672).U yerlarda ko‘plab shogirdlar yetishtirgan Oppoq Xo‘ja XVIII-asrda koʻplab tasavvufiy maktablarining paydo boʻlishiga katta taʼsir koʻrsatgan, shuningdek, Kashmir va Tibetga ham safar qilgan. 1678 yilda Qashg‘arda hokimiyat tepasiga qaytadi[2].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oppoq Xo‘ja 1694 yilda vafot etgach, Qashg‘ar yaqinidagi Yogʻdu deb nomlangan joydagi ota-buvalari qabri yoniga dafn etilgan. Ushbu joy OppoqHo‘ja ziyoratgohi deb ataladi. Appakxoʻja maqbarasi Sharqiy Turkistonning meʼmoriy diqqatga sazovor joylaridan biridir. Uning avlodlari „Oqtog‘lilar Xo‘jasi“ nomi bilan, yuz ellik yildan ortiq vaqt mobaynida Qashg‘arda muhim rol o‘ynadi[3].