Kontent qismiga oʻtish

Oq dumli suvburgut

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oqdumli suvburgut
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Oila: Qarchigʻaysimonlar
Urugʻ: Haliaeetus
Turlari: Oqdumli suvburgut
Xalqaro ilmiy nomi
Haliaeetus albicilla (Linnaeus, 1758)

Oqdumli suvburgut ( lotincha: Haliaeetus albicilla) — qarchig‘aylar (Accipitridae) oilasiga mansub yirtqich qush.

Oq dumli suvburgutning tanasi uzunligi 70 — 90 santimetrni tashkil etadi, qanotlarini qoqqanda 200 dan 230 santimetrgacha boradi, vazni esa 4 dan 7 kilogrammgacha. Dumi kalta, xanjar shaklida. Voyaga etgan burgutlarning patlari jigarrang, bosh va bo‘yin sarg‘ish, dumi esa oq rangda. Uning ilgich tumshug‘i boshqa yirtqich qushlarga nisbatan och sariq rangda, juda katta va baquvvat. Ko‘z kamalagi  ham och sariq. Berkutdan (Aquila chrysayetos) farqli o‘laroq, oq dumli burgutning panjalari oyoq barmoqlarigacha patlar bilan qoplanmagan. Yosh oq dumli suvburgutining rangi to‘q jigarrang, tumshug‘i zangori tusda. Voyaga yetmagan oq dusli suvburguti ulgaygan sari katta burgutlarga o‘xshab boradi. Besh yoshga yetgach oq dumli suvburguti tashqi ko‘rinishi aynan kattalarnikiga o‘xshaydi. Oq dumli burgutning urg‘ochilari ko‘rinishi va hajmi bo‘yicha erkaklarnikidan sezilarli darajada kattaroq va og‘irroqdir. Parvoz paytida qush keng qanotlarini gorizontal holatda ushlab turadi. Tasqara (Aegypius monachus), boltayutar (Gypaetus barbatus) va Oq boshli qumoy (Gyps fulvus) dan keyin oq dumli suvburguti yirtqich qushlar ichida Yevropada to‘rtinchi o‘rinda turadi.

Tabiiy ozuqasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ular baliq yoki suv jonivorlari (qushlar, sutemizuvchilar) bilan oziqlanadilar. Ba’zida o‘laksalarni yeyishi mumkin[1] .

Janubiy Orolbo‘yi dengizi  (uyalash); uchib o‘tish va qishlashi — baland tog‘lar va Farg‘ona vodiysidan tashqari deyarli barcha hududlarda. Uchib o‘tishi va qishlashida asosiy hududlar – Aydarko‘l va Dengizko‘l. O‘zbekistondan tashqarida: Shimoliy Yevroosiyo (uyalash); Sharqiy Yevropa, Gʻarbiy, Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyo, Shimoliy Hindiston, Koreya, Yaponiya (qishlash). Grenlandiyada – boshqa kenja turi bor.

Tekislik va tog‘ etaklaridagi yirik suv havzalari.

Doimo kam bo‘lgan. So‘nggi yillarda soni ortgan. Yakka holda, juft va guruh bo‘lib uchib o‘tadi; uyalashi sanoqli va nomuntazam; 400 donaga yaqini qishlaydi (Dengizko‘lda 94 tagacha, Janubiy O‘zbekistonda 267 ta). Jami taxminan 10 mingtadan iborat. Dunyodagi populyasiyasi keyingi yillarda 10% ga qisqargan.

Bahorgi uchib o‘tishi – fevral-mart oyida. Qoyalarda in quradi; mart-aprel oyida 1-3-ta tuxum qo‘yadi va 35-40 kun bosib yotadi. Poloponlari iyuniyul oyida ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o‘tishi – sentyabr-oktyabr, qishlashi esa noyabrdan fevral oyigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Suvda suzuvchi qushlar, baliqlar, ba’zan o‘laksalar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orol havzasida suv rejimining o‘zgarishi, yashash joylarining yo‘qotilishi, brakonyerlik oqibatida qirilib ketmoqda.

Ko‘paytirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butun dunyodagi hayvonot bog‘larida ko‘paytiriladi.

Himoya choralari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ovlashga ruxsast berilmaydi. Sudochye (uyalash joylari), Tuzkon, Dengizko‘l, Qoraqir ko‘li (uchib o‘tish, qishlash davri) buyurtmaxonalarida muhofaza ostiga olingan. SITESning I Ilovasiga va Bonn konvensiyasining I Ilovasiga kiritilgan[2].

  1. „Позвоночные животные России: Орлан-белохвост“. 2021-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
  2. ОҚ ДУМЛИ СУВБУРГУТ (Wayback Machine saytida 2022-08-09 sanasida arxivlangan) Redbook.uz