Kontent qismiga oʻtish

Oqbuloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oqbuloq
Tavsif
Uzunligi 40
Maydoni 818 km²
Davlat Oʻzbekiston


Oqbuloq — Oʻzbekistonning Toshkent viloyatida joylashgan soy. Chatqol daryosining eng yirik irmogʻi. Ushbu soy Chatqol tizmasining suvayirgʻich qismidagi (3477 m.) kichik togʻ koʻlidan boshlanadi. Uzunligi 40 km, havzasining maydoni 818 km². Yuqori oqimida joylashgan vodiysi kengroq, quyi oqimida esa juda tor, yon bagʻirlari tik. Oqbuloq soyi suvlari qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Soyning umumiy uzunligi 135 km boʻlgan 85 ta irmogʻi mavjud boʻlib, shulardan eng yiriklari Toshkeskansoy, Qoʻshmonsoy, Sargardonsoy, Qoraarchasoylar[1] hisoblanadi. Daryo vodiysi daraxtga oʻxshash naqshlarga ega. Vodiyning oʻng qismi Sargardon tizmasi bilan chegaralangan.

1986-yilda geologlar Chatqol daryosining chap irmoqlarini qamrab olgan Oqbuloq soyi svitasini tasvirlab berishgan[2].

Oqbuloq soyiga jami 85 ta irmoq quyilib, ularning umumiy uzunligi 135 kilometrni tashkil qiladi.

Soyning yuqori oqimida (nam havo oqimlaridan himoyalangan yopiq vodiylarning oʻrta togʻli hududlari) daryo vodiylarining zichligi past. Oqbuloqning oʻrta va quyi oqimida juda koʻp suv irmoqlari tutashib ketadi. Shulardan eng asosiy irmoqlar Kirshindi (oʻngda), Toʻrasoy (chapda), Oqshom (chapda), Toʻrgʻasay (oʻngda), Chalmansoy (chapda), Olmashoxsoy (oʻngda), Qo‘shmonsoy (chapda), Obdaksoy (oʻngda), Teraklisoy[3] (chapda), Sargardonsoy (oʻngda), Qoraarchasoy (chapda) irmoqlari hisoblanadi[4].

Qo‘shmansoy qo‘shilishidan taxminan 3 kilometr balandda, Arpapayyaning og‘zida, daryoning o‘ng qirg‘og‘ida, hozir tashlandiq holda yotgan Oqbuloq qishlog‘i mavjud boʻlgan.

XX asrning 60—70-yillarida Oqbuloq va uning irmoqlarida geologik qidiruv ishlari olib boriladi. Ayni shu maqsadda 1966-yilda Oqbuloq boʻylab Serkelisoy (Teraklisoy)ning qoʻshilishigacha soy yoqasidan tuproq yoʻli yotqizilib, Serkelisoyning quyilishi yaqinida soy ustiga koʻprik oʻrnatilgan[5]. Yuqori oqimida, Oqbuloqning irmogʻi Qoʻshmonsoyning oʻng qirgʻogʻida yangi mineral — marganes silisidi Mn 5 Si 3 topilgan boʻlib, 2008-yilda bu mineral Mavlyanovit deb nomlangan.

Sovet davrida, Qoraracha irmogʻi qoʻshiladigan joyda, Oqbuloq soyi orqali osma koʻprik oʻtkazilgan boʻlib, uning yordamida daryoning narigi betiga oʻtish mumkin boʻlgan[6].

Ayni paytda Oqbuloq soyi davlat chegarasiga yaqin hududda joylashganligi bois sayyohlarning ushbu hududga borishi qiyinchilik tugʻdiradi. 2017-yildan boshlab esa sayyohlar Oqbuloq soyiga maxsus ruxsatnomalar bilan tashrif buyurishlari mumkin.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Стратиграфический словарь Узбекистана 2001.
  3. Chast istochnikov nazivaet dannuyu reku Tereklisay, chast — Serkelisay
  4. Dannie polucheni iz topograficheskix kart
  5. Колбинцев 1977.
  6. Шабанова Н. С., Салихов А. Ф. 1988.