Oqcha baliqlar
Oqcha baliqlar (Abramis) - karpsimonlar oilasiga mansub, yarim oʻtkinchi va oʻtroq baliklar urugʻi. Ta-nasining qorin suzgichidan keyingi turtib chiqqan qismi tangachasiz, anal suzgichi uzun. 3 turi bor. Yevrosiyo suv havzalarida uchraydi. Ular orasida oq baliq keng tarqalgan; Oʻzbekistonda Amudaryo, Zarafshon, Sirdaryo va ularning irmogʻida yashaydi. Uz. 50 sm gacha, vazni 5 kg gacha. Bu tur Oq dengiz, Boltik,, Barens va boshqa Shim. dengizlar, Qora, Azov, Kaspiy va Orol dengizlari havzalarida yarim oʻtkinchi va oʻtroq formalarni hosil qiladi. Gʻarbiy Sibirning ayrim koʻllarida akklimatizatsiya qilingan. Yarim oʻtkinchi Oqcha baliqlar 3—4 yilda, oʻtroq Oqcha baliqlar 5—8 yilda voyaga yetadi, aprel—mayda 68—390 minggacha tuxum koʻyadi. Sanoat miqyosida ovlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |