Oqqoʻrgʻon koʻchasi (Toshkent)
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Mirzo Ulugʻbek |
Uzunligi | 1.5 km |
Avvalgi nomlari | Novomoskovskiy koʻchasi |
Koʻchada joylashgan binolar |
„Yeshlik“ sport majmuasi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Hindiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi |
Oqqoʻrgʻon koʻchasi — Mirzo Ulugʻbek tumanining „Darxon“, „Hamid Olimjon“ va „Oqqoʻrgʻon“ mahallalari hududida. Mustaqillik shoh koʻchasi bilan Kichik halqa yoʻli oraligʻida joylashgan. Uzunligi 1,5 km atrofida. Tarkibida 6 ta tor koʻcha bor.
XX asrning 2-yarmida tashkil topgan. Dastlab 1959-yil Novomoskovskiy nomi berilgan. 1994-yil 22-avgustdan Oqqoʻrgʻon nomi bilan yuritiladi[1].
Yoʻnalishida „Yeshlik“ sport majmuasi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Hindiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi, oilaviy poliklinika, notarial idoralar, savdo shoxobchalari, dorixona, firmalar, aviakassa va koʻp qavatli turar joy binolari joylashgan. Osiyo, Beshogʻaynilar, Mudofaachilar va Katta Darxon koʻchalari bilan tutashgan. Yaqinida Mirzo Ulugʻbek tuman hokimiyati, Latviya, Jazoir va Afgʻonistonning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonalari, Toshkent observatoriyasi, „Oʻzmashservis“, Kardiologiya markazi, Pushkin maydoni va „Pushkin“ metro bekati, 99-, 142-maktablar, 153-, 447-bogʻchalar, mahalla idorasi joylashgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.