Kontent qismiga oʻtish

Oqtepa

Vikipediya, erkin ensiklopediya

OqtepaAnov madaniyatiga oid makonlardan biri (mil. av. 5-ming yillik oxiri — 3-ming yillikning 2-yarmi). Ashxobod shahridan 3,6 km jan.-gʻarbda joylashgan. O. dastlab bir urugʻning, keyinchalik yirik oila jamoasining qarorgohi va kichik oilaning qoʻrgʻoni boʻlgan. Keyingi davrlarga oid xom gʻishtdan ishlangan uy-joylar (4 xonali), xoʻjalik buyumlari uchun kichik hujralar hamda oila sajdagohi va boshqa to-pilgan. O.da yashagan kishilar dehqonchilik, uzumchilik, chorvachilik bilan shugʻullanganlar. Ular jez qurollar va sirli sopol idishlardan foydalanganlar[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil