Kontent qismiga oʻtish

Oraziy ziyoratgohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oraziy
Joylashuv Andijon viloyati,Shahrixon tumani
Xarita

Oraziy ziyoratgohi — Andijon viloyati Shahrixon tumani Namozgoh maxallasida joylashgan ziyoratgohdir[1].

Alixon Mullaoxun o‘gli Oraziy 1869-yilda sobiq Marg‘ilon uezdi Shahrixon tumanining Qashqar mahallasida kulol oilasida tavallud topgan. Alixon Oraziy yozish va o‘qishni dastlab o‘z onasi qoʻlida tahsil olgan. Shoir faoliyatini 1900-yildan boshlagan. Oraziy 18841890-yillarda Shahrixondagi Dasturxonchi madrasasida tahsil olgan.2009-yilda Alixon Oraziy tavalludining 140 yilligi keng nishonlangan va Alixon Oraziyning Andijon viloyati Shahrixon tumanida uy muzeyi tashkil etilgan va shu yili daxma-maqbarasi qayta tamirlangan. Andijon viloyati oʻlkashunoslik muzeyi Shahrixon tumani boʻliminida shoirning ijodqalamiga mansub eng nodir manbalar saqlanmoqda.

Oraziy dafvn etish joyi(Shahrixon tumani)

Andijon viloyati Shahrixon tumanida XVIII-asrga oid Ponsod nomi bilan ataluvchi madrasa — masjid oʻlkashunoslik muzeyi, madaniyat va istirohat bogʻi, pichoqchilik va hunarmandlik rastalari hamda XX-asrlarda yashab ijod qilgan shoir Oraziy maqbarasi bor[2].Alixon Oraziy 1942-yil 1-sentyabrda Andijon viloyati Shahrixon tumani Qashqar mahallasida oʻgʻir kasallikdan 73 yoshida vafot etadi va shu mahallaga Oraziy nomi beriladi. Oraziy ziyoratgohi — Andijon viloyati[3]Shahrixon tumani Namozgoh maxallasida joylashgan. Oraziy qalamiga mansub muxammas:

Ey Pari!

Ey pari, boshing haqi, holimga bir nazzora qil, Surati holim ko‘rib, insofa kel, bir chora qil, Lutf qil, xohi g‘azab, men zor xizmatkora qil, Har qachon husning zakotin mustahiq bechora qil, Iltifoting tashnai didor o‘lan xummora qil.

Chorasizlikdan degayman, zulm qilsang mayliga, Tig‘i mujgoning bilan bag‘rimni tilsang mayliga, Bo‘lmadi dardim yashirmoq, endi bilsang mayliga, Xo‘pmidir, debsan: „Raqiblardan siqilsang mayliga“,

Mendagi maqsad yo‘lida, xohlasang, ming pora qil.