Kontent qismiga oʻtish

Shahrixon tumani

Koordinatalari: 40°52′59.9″N 72°3′0.0″E / 40.883306°N 72.050000°E / 40.883306; 72.050000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahrixon tumani
Шахриханский район



tuman
Tarkibida Andijon viloyati
Maʼmuriy markazi Shahrixon (shahar)
Xokim Hikmatillo Dadaxonov[1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi 8(374)
Internet domeni uz
Avtomobil raqami kodi 60
Xaritada
Shahrixon tumani xaritada
40°52′59.9″N 72°3′0.0″E / 40.883306°N 72.050000°E / 40.883306; 72.050000

Shahrixon tumani — Andijon viloyati markaziy qismida joylashgan tuman. 1926-yil 29-sentyabr kuni tashkil etilgan. Gʻarbdan Boʻz, shimoldan Baliqchi, Oltinkoʻl, sharqdan Asaka, janubdan Fargʻona viloyatining Quva tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,33 ming km2. Aholisi 215,3 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Shahrixon), 12 qishloq fuqarolari yigʻini (Abdubiy, Guliston, Nazarmahram, Naynova, Paxtaobod, Toshtepa, Choʻja, Yuqori Shahrixon, Yangiyoʻl, Oʻzbekiston, Oʻrta Shahrixon, Haqiqat) bor. Maʼmuriy markazi — Shahrixon shahri.

1926-yil 29-sentyabr kuni Stalin tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1961-yilda tuman nomi Moskva deb oʻzgartirilgan. Hozirgi nomi 1990-yillarning boshida berilgan.

Maʼmuriy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahrixon tumani gʻarbdan Boʻz, shimoldan Baliqchi, Oltinkoʻl, sharqdan Asaka, janubdan Farg'ona viloyatining Quva tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni — 0,33 ming kvadrat kilometr.

Tumanda 1ta shahar (Shahrixon), 14ta Mahalla fuqarolar yig'ini ( Qo'rg'oncha MFY, Dorilomon, Abdubiy, Guliston, Nazarmahram, Naynavo, Paxtaobod, Toshtepa, Choʻja, Eshon-qishloq MFY, Yuqori Shah­rixon, Yangiyoʻl, Oʻzbekiston, Oʻrta Shahrixon, [Paxtakol MFY|Paxtakol]]) bor.

Tuman hududi Shahrixonsoyning keng yoyilmasida, Quva-Andijon adirlari bilan Qoradaryo oʻrtasidagi tekislikda joylashgan. Oʻrtacha balandlik 400—680 m. Tekislikning ustki qismi toʻrtlamchi davr allyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan. Markaziy Fargʻonaning ichki qismiga kirib boradi. Iqlimi kontinental; qishi yumshoq, yozi issiq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2,5° dan —3,2° gacha, iyulniki 27°—29°, eng past temperatura —26°, eng yuqori temperatura 45°. Yiliga 300—350 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 212—216 kun. Tuproqlari boʻz, oʻtloqi botqoq, oʻtloqi boʻz, baʼzi joylarda qumoq shoʻrxok tuproqlar. Oʻtloqi botqoq tuproqli joylarda yer osti suvi yuza (1—2 m). Yovvoyi oʻsimliklardan ajriq, qamish, qiyoq, yantoq, oqbosh, ituzum, semizoʻt, shoʻra, yalpiz, qirqboʻgʻim va gʻumay oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan faqat tulki, quyon uchraydi xolos; qushlardan olaqanot, chumchuq, qaldirgʻoch, bedana, qargʻa, laylak, hakka, zagʻizgʻon, musicha uchraydi.

Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, taʼmirlash, toʻqimachilik, tikuvtrikotaj korxonalari va boshqalar faoliyat koʻrsatadi. Qoʻshma korxonalardan: Oʻzbekiston—Koreya «Kosmo Elektroniks KOLTD», Oʻzbekiston—Xitoy «RivojTyanjin», Oʻzbekiston—Hindiston «RivojNorind», OʻzbekistonGermaniya «Interteks», Oʻzbekiston—Rossiya «Anteks» ishlab turibdi. Shahrixon tumanida 640 dan ortiq kichik korxona mavjud[2].

Shahrixon tumani hududi Shahrixonsoyning keng yoyilmasida, Quva-Andijon adirlari bilan Qoradaryo oʻrtasidagi tekislikda joylashgan. Oʻrtacha balandligi 400-680 m. Tekislikning ustki qismi toʻrtlamchi davr allyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan. Markaziy Fargʻonaning ichki qismiga kirib boradi. Iqlimi — kontinental; qishi yumshoq, yozi issiq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati — minus 2,5 darajadan minus 3,2 darajagacha, iyulniki — 27°-29°. Yiliga 300-350 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 212-216 kun. Tuproqlari boʻz, oʻtloqi botqoq, oʻtloqi boʻz, baʼzi joylarda qumloq tuproqlar.

Yovvoyi oʻsimliklardan ajriq, qamish, qiyoq, yantoq, oqbosh, ituzum, sеmizoʻt, shoʻra, yalpiz, qirqboʻgʻim va gʻumay oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan faqat tulki,Bo'ri va quyon uchraydi, xolos; qushlardan olaqanot, chumchuq, qaldirg'och, bеdana, qargʻa, laylak, hakka, zagʻizgʻon, musicha uchraydi.

Aholisi — 227,5 ming kishi. Aholisi, asosan, oʻzbеklar; shuningdek, rus, tatar, qirgʻiz, tojik, uygʻur, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi — 1 kvadrat kilometrga 680 kishi.

Shahrixonsoy — Andijon va Fargʻona viloyatlaridagi magistral kanal. Kampirravot gidrouzelidan boshlanadi. 1887-yilda qurilgan.

Shahrixonlik mashhurlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]


  1. ШАҲРИХОН ТУМАНИ ҲАҚИДА[sayt ishlamaydi]
  2. 'Shahrihon tumani'[1]
  3. Ozodbek Nazarbekov - Tarjimai hol, 22-dekabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 19-noyabr 2012-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()