Uchquduq tumani
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Navoiy viloyati |
Maʼmuriy markazi | Uchquduq |
Hokimi | Uchqun Elmurodov[1] |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | 79 222 |
Avtomobil raqami kodi | 85 |
Rasmiy sayti | https://uchquduq.uz |
Xaritada | |
42°9′0″N 63°33′0″E / 42.15000°N 63.55000°E |
Uchquduq tumani — Navoiy viloyatidagi tuman. 1982-yil 25-martda tashkil etilgan. Shimoldan Qozogʻiston Respublikasi, gʻarbdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, janubdan Buxoro viloyati va sharqdan Tomdi, Konimex tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 46,63 ming km². Aholisi 38,8 ming kishi (2004). Tumanda 5 qishloq fuqarolar yigʻini (Avangard, Boʻzdoʻngi, Mingbuloq, Oltintov, Uzunquduq) bor. Markazi — Uchquduq shahri.
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman hududi viloyatning gʻarbida, Qizilqum choʻlida joylashgan. Relyefi, asosan, tekislik. Qizilqum choʻli qoʻylar uchun asosiy yaylov hisoblanadi. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, qishi sovuq. Yillik oʻrtacha harorat 1°C, yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 6°C, eng past harorat —35°C. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27°C, eng yuqori harorat 45°C. Vegetatsiya davri 190 kun. Yiliga 45-46 mm yogʻin tushadi. Yogʻin, asosan, qish va bahorda yogʻadi. Tuproqlari taqirli, sur qoʻngʻir va qumli tuproqlardan iborat. Yovvoyi oʻsimliklardan Qizilqum yaylovlarida saksovul, yantoq, adrasman, tuyaqorin, selin, quyonsuyak, qizilcha, tekisliklarda turangʻil, jiyda, yulgʻun, tol va boshqa bor. Beltov qirlarida oqshuvoq va shoʻralar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan, togʻlarda qobon, quyon, jayran, boʻri, tulki, chiyaboʻri, yovvoyi mushuk, boʻrsiq, qoʻshoyoq, koʻrsichqon; sudraluvchilardan toshbaqa, ilonlar, har xil kaltakesaklar; qushlardan tuvaloq, toʻrgʻay, burgut yashaydi. Uchquduq tumani hududida Muruntov oltin koni joylashgan.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholisi, asosan, oʻzbek va qozoqlar, shuningdek, rus, ukrain, qoraqalpoq, tojik, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi.
Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 0,8 kishi. Shahar aholisi 25,3 ming kishi, qishloq aholisi 13,5 ming kishi (2004).
Xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda 279 korxona, shu jumladan, 226 mikrofirma, 13 kichik, 13 oʻrta, 27 yirik korxona faoliyat koʻrsatadi. Undan tashqari, Uzbekistan—Rossiya „Promelektro“ qoʻshma korxonasi mavjud. Qishloq xoʻjaligida yaylov chorvachiligi (qoramol, qoʻy, jumladan, qorakoʻl qoʻylari va echki, yilqi, tuya boqiladi) rivojlangan. Uchquduq tumanidagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 2,2 ming qoramol (shu jumladan, 1714 sigir), 137,3 ming qoʻy va echki, 1,7 ming yilqi, 1,2 ming tuya boqiladi. Parrandachilik bilan ham shugʻullaniladi (2004).
Tumandagi 22 umumiy taʼlim maktabi, shu jumladan, 1 gimnaziyada 8 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oladi. Konchilik kasbhunar kolleji faoliyat koʻrsatadi (2004). 2 madaniyat uyi, 8 kutubxona, bolalar musiqa va sanʼat maktabi, stadion, sogʻlomlashtirish punkti, suzish xavzasi va boshqa sport inshootlari bor. Markaziy kasalxona, tibbiy sanitariya kismi, davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi, sil kasalligiga karshi dispanser, poliklinika, ayollar va bolalar konsultatsiyasi, dorixona, 2 qishloq vrachlik punkti, 4 kasalxona faoliyat koʻrsatadi. Tuman markazi (Uchquduq) bilan ovullar oʻrtasida va Navoiy shahriga avtobuslar katnaydi. Tumanda „Dostik—Drujba“ gaz. chiqariladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Bank rahbari Uchquduq tumaniga hokim bo‘ldi“. kun.uz (2024-yil 27-avgust). Qaraldi: 2024-yil 27-avgust.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |