Sodiqjon Abdurasulov
Qiyofa
Sodiqjon Abdurasulov (1937.9.5, Shahrixon tumani) – Oʻzbekiston Qahramoni (1996). Oʻrta maktabni tamomlab, mehnat faoliyatini Shahrixon tumanidagi „Oltin vodiy“ jamoa xoʻjaligida shofyorlikdan boshlagan (1955-65), shu xoʻjalikda paxtachilik (1965-93), 1993-yildan gʻallachilik brigadasiga boshliq boʻlgan. Abdurasulov rahbarlik qilgan brigada uzoq yillar davomida paxtachilik va donchilikda yuqori koʻrsatkichlarga erishdi (paxtadan 22-45 s/ga; gʻalladan 1995-yilda 55 s/ga, 1997-yilda 70 s/ga). Abdurasulov Andijon viloyatida boshqa mintaqalardan keltirilgan yangi bugʻdoy navlarini sinash va ulardan moʻl hosil olish boʻyicha tajriba maktabi yaratdi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |