Mirishkor tumani
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Qashqadaryo viloyati |
Maʼmuriy markazi | Yangi Mirishkor |
Asos solingan sanasi | 6-yanvar 2003 |
Tuman hokimi | Fayzullo Gʻulomov |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Aholi | 124,100 kishi |
Dinlar tarkibi | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Avtomobil raqami kodi | 70 |
Rasmiy sayti | http://mirishkorpress.uz |
Xaritada | |
38°54′7″N 65°0′3″E / 38.90194°N 65.00083°E |
Mirishkor tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 2003-yil 6-yanvarida Usmon Yusupov va Bahoriston tumanlarining birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan[1]. Mirishkor tumani Qashqadaryo viloyatining janubi-gʻarbida joylashgan. Tuman shimoldan Muborak, sharqdan Kasbi, Qarshi, Nishon tumanlari, gʻarbdan Buxoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlari, janubdan Turkmanistonning Lebap viloyati bilan chegaradosh. Mirishkor tumanida 40 fuqarolar yigʻini (Avazchoʻl, Vori, Guliston. Gulshanbogʻ, Jeynov, Mirishkor, Navbahor, Obod, Pomuq, Chamanzor, Chandir, Yangiobod) bor. Maydoni 3,1 ming km2. Mirishkor tumani hududi jihatidan Qashqadaryo viloyatida 3 oʻrinda turadi. Aholisi 124,100 kishi (2022-yil 1-yanvar). Eng yirik aholi punti -Jeynov shaharchasi (26,4 ming kishi) Tuman markazi - Yangi Mirishkor qishlogʻi. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, arab, turkman, tojik, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 kmʼ ga oʻrtacha 28,1 kishi (2005).[2]
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman hududi Qarshi choʻli zonasida joylashgan. Relyefi, asosan, tekisliklardan iborat boʻlib, sharqdan janubi-gʻarb tomon biroz pasayib boradi (Qorabuloq botigʻida 280 m gacha pasayadi). Mirishkor tumani huludidagi qirlardan chorva uchun yaylov sifatida foydalanilali.
Tumanning gʻarbiy va janubiy hududi yarim mustahkamlangan qumli maydonlar bilan band. Koʻchma qum barxanlari, eol-akkumulyativ, yaʼni shamol yotqiziqli qumtepa-joʻyakli relyef shakllari, gil yotqiziqli yassi yuzali tekisliklar bor. Toʻrtlamchi davrning choʻkindi yotqiziqlari tagida neogen va paleogen davrining giltosh, qumtosh, ohaktosh, gips-angidritli dengiz yotqiziqlari, boʻr va yura davrlarining issiq va sernam sharoitli dengiz yotqiziqlari uchraydi. Mirishkor tumanida bir qancha berk botiqlar: Qorabuloq, Dengizkoʻl, Xoʻjam Sayot, Qirqchashma va boshqa bor. Ularda shifobaxsh balchiqlar, tuz qatlamlari hosil boʻlgan. Tuman hududida Alang, Pomuq, Kultogʻ, Koʻkdumaloq, Oʻrtabuloq, Zevarda, Dengizkoʻl kabi neft, gaz va kondensatga boy konlar mavjud.
Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati 2°, iyulniki 28°— 29,5°. Yozi issiq, quruq, davomli. Eng past harorat —28°, eng yuqori harorat 47°. Yozda garmsel shamoli taʼsirida oʻt-oʻlanlar qurib qoladi. Vegetatsiya davri 242 kun. Yillik yogʻin 130–200 mm. Tuproqlari gil, shoʻrxok, oʻtloq, oddiy boʻz tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan °juzgʻun, iloq, silen, shayton-kovush, karrak, qizil qandim, yetmak, saksovul, shuvoq, shoʻra, tuyaqorin, yantoq, qoʻngʻirbosh, ]lolaqizgʻaldoq, qamish, yalpiz, isiriq, chitir, chuch-moma, zira va boshqa oʻsadi. Yovvoyi xayvonlardan tulki, chiyaboʻri, jayron, sichqon, kalamush, tipratikan, yumronqoziq, sudraluvchilardan echkemar, kaltakesak, har xil ilonlar; qushlardan tustovuq, kaptar, chumchuq, burgut, turna, laylak, qaldirgʻoch, musicha, sassiqpopishak va boshqa bor. Tuman yerlari Amudaryodan suv oladigan Mirishkor kanalidan sugʻoriladi.
Mahallalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mirishkor tumani 40 ta mahalla fuqarolar yigʻinidan tashkil topgan[3].
Mahalla nomi | MFY raisi | |
---|---|---|
1 | Avvona MFY | Sherzod Safarov |
2 | Ayzabod MFY | Nodir Aminov |
3 | Baluj MFY | Sanjar Nurillayev |
4 | Bahoriston MFY | Ochil Azizov |
5 | Barhayot MFY | Dilmurod Payanov |
6 | Baraka MFY | Shonazar Hamroyev |
7 | Boʻston QFY | Sunnat Pirqulov |
8 | Doʻstlik MFY | Gʻulomjon Saidov |
9 | Guliston QFY | Bobur Sattorov |
10 | Gulobod MFY | Baxodir Bakirov |
11 | Gulshanbogʻ QFY | Soatqul Moʻminov |
12 | Istiqlol MFY | Erkin Eshmurodov |
13 | Jeynov MFY | Farxod Aliyev |
14 | Madaniyat MFY | Toʻlqin Ataxanov |
15 | Mirishkor MFY | Xilola Axmedova |
16 | Mirobod MFY | Temur Xudoyberdiyev |
17 | Navbahor QFY | Fazliddin Xudoyqulov |
18 | Navroʻz MFY | Mavjuda Yomgʻirova |
19 | Nurafshon MFY | Zafar Karimov |
20 | Obod QFY | Shuxrat Bozorov |
21 | Obodon MFY | Obid Karimov |
22 | Oltin boshiq MFY | Xolmurod Asadov |
23 | Oqmachit MFY | Sanjar Sariqov |
24 | Pomuq MFY | Erkin Nurgeldiyev |
25 | Qurama MFY | Beshboy Sharipov |
26 | Tinchlik MFY | Elmurod Yagmurov |
27 | Vori QFY | Xamidullo Oʻrinov |
28 | Yangi ariq MFY | Axmad Barotov |
29 | Yangi Jeynov MFY | Jamshid Boymurodov |
30 | Yangi Mirishkor MFY | Erkin Niyozqulov |
31 | Yangi qishloq MFY | Maxmud Baratov |
32 | Yangihayot MFY | Farxod Aktamov |
33 | Yangiobod QFY | Xaydar Boboyev |
34 | Yuksalish MFY | Xamroqul Mamatov |
35 | Zafar MFY | Muxiddin Azizov |
36 | Oʻzbekiston MFY | Oʻtkir Qorayev |
37 | Shirin MFY | Bobomurod Sariqulov |
38 | Shodlik MFY | Yoʻlbars Babayev |
39 | Chamanzor MFY | Yoqub Azimov |
40 | Chandir | Oʻktam Xabibov |
Moddiy madaniy meros obyektlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mirishkor tumanida 18 ta obyekt Oʻzbekiston Respublikasining Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan[4].
Arxeologiya yodgorliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda jami 9 ta arxeologiya yodgorligi davlat muhofazasiga olingan.
Obyekt toʻliq nomi | Obyekt davri | Obyekt manzili | Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq | |
---|---|---|---|---|
1 | Pirmaqalatepa | XI—XIII asrlar | Pomuq MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
2 | Koʻhna Foziltepa | XI—XVII asrlar | Guliston MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
3 | Nomsiztepa | XI—XIII asrlar | Guliston MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
4 | Rabodtepa | XII—XIII asrlar | Pomuq MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
5 | Nomsiztepa | XI—XIII asrlar | Pomuq MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
6 | Oqmachittepa | XI—XIII asrlar | Oqmachit MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
7 | Nomsiztepa | XI—XVII asrlar | Obod MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
8 | Nomsiztepa | XI—XIII asrlar | Obod MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
9 | Qoʻshtepa | XII—XIII asrlar | Obod MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Arxitektura yodgorliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda jami 6 ta arxitektura yodgorligi davlat muhofazasiga olingan.
Obyekt toʻliq nomi | Obyekt davri | Obyekt manzili | Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq | |
---|---|---|---|---|
1 | Pomuq masjidi | XVIII asr | Jenov MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
2 | Sardoba | XIX asr | Oltin boshoq MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
3 | Chor gumbaz masjidi | XIX asr | Jenov MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
4 | Yakka gumbaz masjidi | XIV asr | Jenov MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
5 | Ayvon masjidi | XIV asr | Jenov MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
6 | Chandir masjidi | XIV asr | Chandir MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Monumental sanʼat yodgorliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda jami 2 ta monumental sanʼat yodgorligi milliy roʻyxatga kiritilgan.
Obyekt toʻliq nomi | Obyekt davri | Obyekt manzili | Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq | |
---|---|---|---|---|
1 | Maqsud Shayxzoda haykali | 1986-yil | Jenov MFY Jenov qishlogʻi | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
2 | Motamsaro Ona haykali | 1985-yil | Yangi Mirishkor qishlogʻi | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda jami 1 ta diqqatga sazovor joylar milliy roʻyxatga kiritilgan.
Obyekt toʻliq nomi | Obyekt davri | Obyekt manzili | Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq | |
---|---|---|---|---|
1 | Isoq ota maqbarasi | XIV asr | Pomuq MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „QASHQADARYO VILOYATINING BAHORISTON VA USMON YUSUPOV TUMANLARINI BIRLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz (29-iyun 2003-yil). Qaraldi: 14-mart 2023-yil.
- ↑ Latif Erdonov, Ovod Joʻraqulov, Mahliyo Sohibova, Qoʻshmurod Yomgʻirov. „Mirishkor tumani“ OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ https://mirishkorpress.uz/mahallalar/[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz (4-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 16-mart 2023-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |