Tallimarjon
Qiyofa
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Tallimarjon | |
---|---|
shahar | |
38°17′48″N 65°33′12″E / 38.29667°N 65.55333°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Nishon tumani |
Aholisi (2004) |
9 900 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Tallimarjon — Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi shahar (1975-yildan). Qarshi choʻlining oʻzlashtirilishi munosabati bilan 1964-yilda tashkil etilgan. Tallimarjon suv ombori yonida joylashgan. Aholisi 9,9 ming kishi (2004). Tallimarjonda Qarshi kanali va nasos stansiyalardan foydalanish boshqarmasi, shu boshqarmaning markaziy taʼmirlash ustaxonasi, avtokorxona va boshqa bor. Shaharda umumiy taʼlim maktablari, kasbhunar kolleji (chilangar, elektriklar tayyorlaydi), ochiq suzish havzasiga ega boʻlgan sport majmuasi, kasalxona, tugʻruqxona, poliklinika va dorixona mavjud. Tallimarjon temir yoʻl va avtomobil yoʻllari orqali (80 km) Qarshi shahri bilan bogʻlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |